Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Mirziyoyev va Rahmon Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishStranы mira. Afganistan
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Analitika
Amerikaliklar Afgʻonistonni Rossiyaga "tashlab qoʻydimi"?
Mintaqada Afgʻoniston yoʻnalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bogʻliq vaziyatning rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini oʻtkazish rejasini koʻrib chiqdilar.
Eslatib oʻtamiz, 23 iyunda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon telefon orqali muloqot qilib, Afgʻonistonning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afgʻoniston bilan davlat chegarasi oʻtadigan hududlari boʻylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni juda keskin deb baholagandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala