“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi rejissori endi yo‘q: Vladimir Menshov vafot etdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishTvorcheskaya vstrecha s V. Menshovim k yego 80-letnemu yubileyu
Tvorcheskaya vstrecha s V. Menshovim k yego 80-letnemu yubileyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya xalq artisti Vladimir Menshov 82 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya xalq artisti Vladimir Menshov 82 yoshida vafot etdi. Qayd etilishicha, u koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan oqibatlar tufayli olamdan ko‘z yumgan.
26 iyun kuni rejissor koronavirusga chalingani haqida ma’lum bo‘ldi.
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAkter, rejissor Vladimir Menshov
Akter, rejissor Vladimir Menshov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Akter, rejissor Vladimir Menshov
Teatr, kino va televidenie aktori, kinorejissor, ssenarist, produser va teleboshlovchi rossiyalik Vladimir Menshov 1939-yil 17-sentabr kuni Bakuda tug‘ilgan.
1981 yilda Menshovning “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini olgan.
Vladimir Menshov 2018-yilda noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan PROlogue IV xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0