Rossiya

Moskvada oʻsmirlar uchun “Sputnik V” tadqiqoti boshlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishAmpula "Komponent I" vaktsinы ot koronavirusa "Sputnik V"
Ampula Komponent I vaktsinы ot koronavirusa Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Tadqiqot Moskvadagi ikkita bolalar kasalxonasida olib boriladi. Birinchi va ikkinchi bosqichlar uchun 100 nafar koʻngilli saralab olingan.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Moskva shahrida 12 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining tadqiqoti boshlandi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.
Gap tadqiqotning birinchi va ikkinchi bosqichlari haqida bormoqda. Tadqiqot shahardagi ikkita bolalar kasalxonasida olib boriladi. 100 nafar koʻngilli saralab olingan.
“Bugun birinchi koʻngillilarning tibbiy koʻrigi boshlandi, unda kovidga PZR test topshirish shart”, - dedi Rakova. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Klinik tadqiqotlar Gamaleya markazi bilan birgalikda oʻtkazilmoqda. Tadqiqot qatnashchilari hozirda 18 yoshdan kattalar uchun qoʻllanilayotan “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlanadi, lekin uning kamroq dozasi bilan. Tadqiqot bir yil davom etadi. Bu davr mobaynida bolalar shifokorlarning doimiy nazorati ostida boʻlishadi.
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Migratsiya
Moskvada migrantlarni emlash punkti ochildi
Tadqiqotning uchinchi bosqichida 250 kishi qatnashadi. Ularni yoz oxirida saralab olish boshlanadi.
“Tadqiqot natijalariga koʻra oʻsmirlarni yangi koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash dasturiga kirish mumkinligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi”, - deya qoʻshimcha qildi amaldor.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq tez orada Moskvada oʻsmirlar uchun “Sputnik V” vaktsinasining tadqiqoti boshlanishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala