Video

NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video

Qora dengizda NATOning "Sea Breeze 2021" keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlari boshlandi, mezbon davlat - Ukraina, asosiy tashkilotchi esa - AQSH.
Manevrda 30 ta davlatdan 5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashmoqda.
Shuningdek, Sea Breeze 2021’da yuzlab qurol-yarogʻ va texnika, oʻnlab kemalar va samolyotlar, bir nechta gʻavvoslar guruhlari va spetsnaz boʻlinmalari qatnashmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, mashgʻulotlarning tubmaʼnosida Rossiyaga qarshi.
"Rossiya hududi yaqinida bunday harbiy joylashuv bizda tegishli reaktsiyani keltirib chiqaradi. Qora dengiz akvatoriyasi, aslida Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan izchillik bilan hamkorlik makonidan harbiy qarama-qarshilik zonasiga aylantirilmoqda", - deydi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala