Sport

Qarshida futbolchilar oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi - video

Futbolnoye pole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Jizzax "Soʻgʻdiyona" va Qarshi "Nasaf" klublari futbolchilari oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Qarshida Jizzaxning "Soʻgʻdiyona" va Qarshining "Nasaf" klublari oʻyini vaqtida futbolchilar oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi.
Taʼkidlanishicha, oʻyin faqat 53-daqiqasida futbolchilar hisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi. "Nasaf" futbolchisi Xusayn Norchayev birinchi toʻpni raqiblar darvozasiga yoʻlladi. 86-daqiqada "Soʻgʻdiyona" jamoasi futbolchilaridan biri gol uradi.
Biroq, VAR tizimi koʻrib chiqilgandan soʻng oʻyin qoidasi buzilishi qayd etildi. Xususan, jizzaxlik futbolchi "Nasaf" himoyachisidan toʻpni olib qoʻyish vaqtida uni tirsagi bilan uradi. Natijada gol hisobga olinmadi.
Oʻyin qayta boshlangandan soʻng "Soʻgʻdiyona" futbolchisi raqibga nisbatan qoʻpollik qiladi. Ikki jamoaning boshqa aʼzolari ham janjalga qoʻshilishdi. Hakam 3 nafar futbolchini chetlatadi, ulardan ikki nafari "Nasaf" jamoasi himoyachilari.
Hodisaga qaramay oʻyin 1:0 hisobida "Nasaf" gʻalabasi bilan yakunlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala