Rahmon chegaraga 20 ming harbiy xizmatchini safarbar etishni buyurdi

© Ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT v FacebookPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming harbiyni safarbar etish haqida topshiriq berdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat bo‘yicha Tojikiston Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazdi.
Afg‘onistonga qo‘shni hududlarga qo‘shimcha kuchlarni yuborish haqida buyruq berildi.
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Prezident mamlakat mudofaa vaziriga Afg‘oniston bilan chegaraga 20 ming zaxira qo‘shinni safarbar etishni topshirdi.
Prezident davlat chegarasidagi barcha qonunbuzarliklarga e’tibor qaratish, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm va narkotik moddalar savdosini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Ilgariroq, Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasining 70 foizini nazorat qiluvchi “Tolibon”* qo‘shni davlat xavfsizligi va uning ishlariga aralashmaslik kafolatini berdi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0