Hodisalar

Toshkent metrosi qurilishida qariyb 900 mln soʻm talon-taloj qilingan – transport prokurori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro
Stroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Toshkent xalqa yoʻli yerosti metropolitenida olib borilgan qurilish ishlaridan 899 million soʻm talon-taroj qilingan.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Transport prokuraturasi Toshkent metropolitenining joriy yil may-iyun oylaridagi faoliyatini tahliliy-tanqidiy oʻrganib chiqdi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan lavhada maʼlum qilindi.
Transport prokurori Maʼrufjon Xoʻjayevning soʻzlariga koʻra, sohada koʻplab qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
“Oʻrganishlar davomida ayrim masʼul mansabdor shaxslarning oʻz xizmat vazifasiga panja ortidan qarashi oqibatida, eʼtibor beringlar, jami 650 ta inson omili bilan bogʻliq kamchiliklar aniqlangan”, - dedi transport prokurori.
Shuningdek, Maʼrufjon Xoʻjayev metropoliten qurilishi jarayonida qurilish mahsulotlarining talon-taroj qilinishi bilan bogʻliq holatlarga ham toʻxtalib oʻtdi.
“Xususan, Toshkent xalqa yoʻli yerosti metropolitenida olib borilgan qurilish ishlarida 899 million soʻm talon-taroj qilingani aniqlangan”, - dedi u.
Ushbu holatlar yuzasidan JKning tegishli moddari jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Stantsiya Vtoraya (vremennoye nazvaniye) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Hodisalar
Toshkent metrocining “Olmazor” bekatida yoʻlovchilar tushirib yuborildi
Prokuror aybdor shaxslar qilmishlariga yarasha jazo olishini qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala