Jamiyat

Toshkentda bir kunda tibbiy niqob taqmagan 964 kishi jarimaga tortildi

Maska - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Toshkent shahrida 3 iyul, shanba kuni, karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 4885 nafar fuqaro esa ogohlantirildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi
“Hurmatli fuqarolar, karantin qoidalariga rioya etishingiz, avvalambor, sizlarning va yaqinlaringizning sogʻligʻi uchun kerak. Tibbiy niqob taqing, oʻzingizni va atrofdagilarni koronavirus infektsiyasidan himoya qiling”, — deyilgan idora murojaatida.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish oʻtgan yilning mart oyidan boshlab taqiqlangan edi. Niqobsiz yurganlar 1,25 mln soʻm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala