Toshkentda “Matiz” ko‘prikdan tushib ketdi – video

© GUBDD MVD UzbekistanaDTP v Tashkente: Matiz protaranil ograjdenie i upal s mosta — video
DTP v Tashkente: Matiz protaranil ograjdenie i upal s mosta — video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
Haydovchi Ohangaron shoh ko‘chasida boshqaruvni yo‘qotgan va ko‘prik chetidagi to‘siqqa borib urilgan.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanida “Matiz” avtomobili ko‘prikdan tushib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 4-iyul kuni soat 18:00 larda ro‘y bergan. 33 yoshli “Matiz” haydovchisi Ohangaron shoh ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va ko‘prik chetidagi to‘siqqa borib urilgan. So‘ngra yo‘lning pastdagi qatnov qismiga tushib ketgan.
Natijada haydovchi U.N. tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0