Jamiyat

"Yadroviy" karyera: Oʻzbekistonda boʻlajak atomchilar uchun qanday sharoitlar yaratilmoqda?

© UzatomKak proxodyat zanyatiya v filiale NIYAU MIFI posle karantina
Kak proxodyat zanyatiya v filiale NIYAU MIFI posle karantina  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
2019 yilning sentyabr oyida Toshkentda ochilgan Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universiteti Oʻzbekiston energetika sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlab beradi.
TOSHKENT, 5 iyul - Sputnik. 2019 yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston poytaxtida Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universiteti (NIYAU MIFI)ning filiali tantanali ravishda ochilgan edi. Oʻzbekiston energetika sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlaydigan ushbu dargoh ikki yil davomida har yili 100 nafardan yoshlarni talabalar safiga qabul qildi va joriy yil ham kvotalar oʻzgarishsiz qoldi.
Magistr vtorogo kursa MIFI Kurbaniyaz Kanyazov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2020
Jamiyat
Bu Oʻzbekistonni oʻzgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi taʼlim haqida
Yadroviy energetikani rivojlantirishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston yangi mutaxassislarni tayyorlash va professional kadrlar zaxirasini hozirlash maqsadida qanday chora-tadbirlarni koʻrmoqda? Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ushbu savolga ilmiy ishlar boʻyicha NIYAU MIFI rahbari oʻrinbosari Sayrambay Egamovdan javob oldi.

Qabul kvotasi va imtihonlar

Taʼlim muassasasiga 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha davlat granti asosida 4 ta taʼlim yoʻnalishida jami 100 oʻrin miqdorida qabul kvotasi belgilangan.
Roʻyxatdan oʻtish uchun: shaxsni, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat; taʼlim darajasini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat talab etiladi.
NIYAU MIFI vakili soʻzlariga koʻra, abituriyentlar matematika, fizika hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan imtihon topshirishadi. Imtihonlarni qabul qilishda rossiyalik mutaxassislar ishtirok etishadi. Har bir fan boʻyicha minimal oʻtish balli - 40 ballni tashkil etadi. Savollarning namunalari bilan talabgorlar mephi.uz saytida tanishishlari mumkin.
Imtihonlar savollari murakkab emas, maktab dasturiga kiritilgan darsliklar asosida tuzilgan, deydi suhbatdosh.
Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan barcha abituriyentlar grant asosida tahsil olishadi.

Bonus: ilmiy loyihalarda ishtirok

NIYAU MIFI Oʻzbekistonning energetika sohasi uchun yetuk va malakali kadrlarni yetkazib beradi. Eng muhimi, institut oʻz oldiga iqtidorli talabalarni yadroviy tadqiqotlarga jalb qilish vazifasini qoʻygan.
Shaxta yadernogo reaktora - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Analitika
Oʻzbekistonda yadroviy maxfiylik bormi – YAFI direktori bilan intervyu
"Oʻqish davomida oʻzining bilimga chanqoqligini koʻrsata olgan talabalar - NIYAU MIFIga qoʻshni hududda joylashgan Yadroviy fizika institutining ilmiy loyihalariga jalb etiladi. Yadroviy fizika instituti ham oʻz qatorlarini iqtidorli yoshlar bilan toʻldirishdan manfaatdor. Hozirda ikkinchi kurs bitiruvchilaridan uch nafari xuddi shunday loyihalarda qatnashishmoqda", - deydi suhbatdosh.
Qolaversa, uchinchi bosqichdan maxsus fanlar soni oshib, talabalar amaliyotning bir qismini yadroviy fizika institutida oʻtashlari belgilangan.
Maxsus fanlardan Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan pedagoglar dars berishi belgilangan.

Talabalar va domlalar uchun yotoqxona

Shu vaqtga qadar talabalar Qibray tumanida joylashgan "Oʻzbekgeofizika" AJga qarashli sogʻlomlashtirish kottedjlari va Oʻzbekiston FA qoshidagi Yadroviy fizika instituti yosh olimlari uchun moʻljallangan yotoqxonalarda vaqtinchalik yashagan boʻlsa, kuzgacha oliygoh oʻz yotoqxonasiga ega boʻladi.
Ayni vaqtda talabalar va institutda dars beradigan oʻqituvchilar uchun 2ta toʻqqiz qavatli yotoqxonalarni qurish ishlari boshlab yuborilgan.
"Binolardan biri mehmonxona tipida quriladi. U MIFIga chet eldan taklif etiladigan oʻqituvchilar uchun moʻljallangan", - deya aniqlik kiritadi suhbatdosh.

Strategik soha

NIYAU MIFI binosi bugun talabalarsiz osudadek koʻrinsa-da, aslida unday emas. Atom sohasiga qiziqqan yoshlar, kunning jaziramasiga qaramay, institut binosiga hujjat topshirgani kelishmoqda.
© SputnikAbituriyent podayet dokumentы v NIYAU "MIFI"
Abituriyent podayet dokumentы v NIYAU MIFI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Abituriyent podayet dokumentы v NIYAU "MIFI"
Aslida, onlayn ham topshirish mumkin, biroq ishonchliroq boʻlsin, degan umidda shaxsan tashrif buyurganlarning birini suhbatga chorlaymiz.
"Energetika Oʻzbekiston iqtisodiyotida eng yetakchi rol oʻynaydi. Energetikasiz hech narsani tasavvur qilib boʻlmaydi Qolaversa, mamlakatimizda kelajakda AES qurilishi rejalashtirilgan, shu uchun oʻgʻlim bu sohani tanladi, uni qoʻllab-quvvatlash uchun hujjat topshirgani birga keldim", - deydi abituriyentlardan birining otasi, oʻzini Mansur Fayzullov deya tanishtirgan suhbatdosh.
Aytgancha, ikki yil davomida NIYAU MIFIga atomchi boʻlish maqsadida 200 nafar yoshlar hujjat topshirishgan va oʻqishga qabul qilingan boʻlsalar-da, bugungi kunda oliygohda atigi 168 nafar talaba tahsilni davom ettirmoqda.
"Biz institutlaringda nega bahoni qattiqqoʻllik bilan qoʻyasizlar, degan tanbehni koʻp eshitamiz. Haqiqatan ham shunday. Talabalikka qabul qilingan kundan boshlab ushbu sohani tanlagan yoshlar oʻqishlari, oʻrganishlari, oʻz ustida tinimsiz izlanishlari shart. Hech kimga baho "koʻtarib" qoʻyilmaydi. Rossiya tomonidan asosiy talab ham bitta boʻlgan "Markani ushlanglar, uyaltirmanglar. Filialda yetuk kadrlar yetishib chiqishi shart". Biz mana shu talabga javob beradigan yoshlarni tayyorlayapmiz", - deydi oliygoh vakillari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala