Jamiyat

Aripov lotin yozuvidagi alifboga oʻtishni tezlashtirish boʻyicha topshiriq berdi

© Ispolnitelnыy komitet SNGPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov na zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG v uzkom sostave v Minske
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov na zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG v uzkom sostave v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Birinchi avgustga qadar davlat organlari barcha koʻchalar, peshlavhalar va turli blaklarning lotin yozuvida boʻlishini taʼminlashi kerak.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Bosh vazir Abdulla Aripov barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi, Toshkent va viloyatlar hokimliklariga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtishni tezlashtirish boʻyicha topshiriq berdi. Hukumatning tegishli hujjati 1 iyul kuni imzolangan.
Unda 1 avgustga qadar quyidagilar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishi taʼminlanishi kerakligi taʼkidlangan: barcha joy va koʻcha nomlari, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlar, ish qogʻozlari va turli blanklar.
Qayd etish joizki, Vazirlar mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan yuqoridagilarni 2022 dekabriga qadar lotin alifbosiga oʻtkazilish belgilangan edi.
Biroq bosh vazir qaroriga binoan Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ushbu vazifani 2021 yilning 1 avgustiga qadar bajarish masalasi qoʻyilgan.
Proyekt yedinogo standarta kazaxskogo alfavita na latinskoy grafike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Jamiyat
Lotin yozuviga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala