Dunyoda

Emomali Rahmonning qaynonasi vafot etdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaUzbekbi Asadulloyeva i Emomali Raxmon
Uzbekbi Asadulloyeva i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qaynonasi Uzbekbi Asadulloyeva vafot etdi.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qaynonasi Uzbekbi Asadulloyeva vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Bir necha kun oldin 88 yoshli Uzbekbi Asadulloyeva koronavirus alomatlari bilan Dushanbedagi Gastroenterologiya instituti huzuridagi Mansurov klinikasiga yotqizilgandi.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rahmon chegaraga 20 ming harbiy xizmatchini safarbar etishni buyurdi
Asadulloyeva - mamlakatning birinchi xonimi Azizamox Asadulloyevaning va "Oriyenbank" raisi Hasan Asadullozodaning onasi.
Avvalroq, prezidentning qaynonasi bir necha kun oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparati ostida oʻtkazgani maʼlum boʻlgan edi.
Uzbekbi Asadulloyeva Xatlon viloyatining Jaloliddin Balxiy (sobiq Kolxozobod) hududida yashagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala