Kolumnistlar

"Gazprom" Yevropani toʻlashga majbur qilish yoʻlini topdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishVыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) "Gazprom"
Vыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) Gazprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
AQSH suyultirilgan gaz solingan tankerlarini Xitoyga yoʻnaltirganda, Rossiya barcha quvurlarda yoppasiga taʼmirlash ishlari oʻtkazishni boshladi.
TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Yaqinda Rossiyaning gaz monopoliyachisi “Gazprom”, gʻarbiy pressa nazarida, yana bir mantiqqa zid ish qildi.
Ixtisoslashgan OAVlar xabariga koʻra, Rossiya kompaniyasi Ukraina gaz tranzit quvvatlarini zahira qilishdan voz kechgan. Maʼlumki 2019 yilda imzolangan, Kiyev magʻrurlanishiga sabab boʻlgan, shartnomaga koʻra, Rossiya Ukraina gaz quvurlaridan foydalanishi shart, aks holda jarima toʻlashga majbur boʻladi. Xoʻsh, jarima toʻlashini bila turib Gazprom nega bunday qildi?
Lekin "Gazprom", oʻz anaʼanalariga sodiq qolgan holda bu borada lom-mim demadi.
Rossiya gaz gigantining harakatlari faqat yuzaki qarashdagina gʻalati tuyulishi mumkin, atrofda sodir boʻlayotgan hodisalarni, energiya manbaalari birjasi kotirovkalarini hisobga olib, vaziyatga chuqurroq nazar solganda esa – qiziqarli manzara paydo boʻladi. Unda Rossiyada nafaqat mantiq, balkim aniq hisob-kitob va qandaydir maʼnoda oldindan koʻrish qobiliyati ham borligi maʼlum boʻldi.
Flagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Kolumnistlar
"Shimoliy oqim— 2"ga qarshi soʻnggi jang boshlandi
Xorijiy hamkorlar “Gazprom”ni Putinning Gʻarb yakdilligini parchalash quroli sifatida tasvirlashni yaxshi koʻradi. Ularning tasavvuriga koʻra, goʻyo Moskva oʻz yonilgʻisini majburlab sotayotgandek.
Lekin Gazporm yillar davomida shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini soʻzsiz bajarib kelayotgani, aynan Rossiya gazi Yevropani bir necha bor kutilmagan keskin sovuqlardan yoki qattiq issiqdan saqlab qolgani yech kimning esiga kelmaydi. Albatta, bu yerda gap tekin xizmat emas, faqat biznes haqida ketmoqda.
Gazpromning bugun amalga oshirayotgan har qanday harakatlarini tahlil qilishda, kompaniya “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkarishi kerakligini unutmaslik kerak. “B” quvuri allaqachon yoiqizilgan, ehtiyotkorna prognozlarga koʻra “Fortuna” avgust oyining oxirida birinchi magistralni Grayfsvaldgacha tortib keladi.
Gaz quvuri qurilishi bu faqat quvurlarni tutashtirish degani emas. Shu bilan birga turli siyosiy manipulyatorlar qoʻlidan kuzirlarni ham “urib tushirish” kerak. Shundagina ular Rossiya bilan hamkorlik qilish - yagona toʻgʻri yoʻl ekanini tushunishadi. Ana shularni nazarda tutgan holda, endi dastlabki yangilikka yana bir bor qaytaylik.
“Gazprom” Ukrainaning tranzit quvurlarini zahira qilishdan voz kechdi. Bu degani Rossiya gazini Yevropa bozoriga yetkazib berish iyul oyida 2 milliard metr kubga kamayadi degani. Yoz issiq kelgani tufayli yevropalik operatorlar yer osti gaz saqlash omborlaridan 66 mlrd. Metr kub gaz chiqariyu olishgan va uning oʻrniga 13 mlrd. Metr kub gaz quyishgan.
Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Kolumnistlar
Hammasi Moskvaning “oʻzini tutishiga” bogʻliq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatadimi?
Bu bilan Rossiya Yevropaga joʻnatayotgan gaz hajmini qisqartirmoqda. Amerikaning suyultirilgan gazi esa toʻla toʻkis – Osiyo Tinch okeani hududiga yoʻnaltirilmoqda. Chunki u yerda gaz narxi Yevropaga nisbatan 2 baravar qimmat. Bu yerad hech qanday siyosat yoʻq, faqat erkin savdo...
Natijada, Yevropaning asosiy gaz xabi boʻlgan TTFda 1000 metr kub gaz narxi oʻtgan haftada rekord darajaga – 460 AQSH dollariga yetdi. Bu qishga qaraganda 2 baravar qimmat.
Eslatib oʻtamiz, Gazprom uchun gaz narxining rentabellik darajasi - 180 dollarni tashkil qiladi. Yaʼni kompaniya nafaqat rejalashtirilmagan daromad oladi, balkim “Ukraina forntida” keltirilgan yoʻqotishlarni ham toʻldirib oladi.
Aytish joizki, havo harorati qanday boʻlishini hech kim oldindan bilmagan boʻlsa ham, gaz narxi oshishi kutilgan edi, bunchalik baland boʻlmasa ham.
Gazprom yil boshidanyoq oʻzining barcha xorijiy hamkorlarini may-iyul oylarida barcha asosiy gaz quvurlarida taʼmirlash ishlari olib borilishi haqida ogohlantirgan edi.
May oyida gaz narxlari oshishni boshlaganda “Moviy oqim” ikki haftaga toʻxtatilgan edi. Iyunda bir haftaga “Turk oqimi” toʻxtatildi. Shundan soʻng Turkiya gaz soʻrib olish hajmini keskin oshirib, birjada narxlar oʻsishiga sabab boʻlgan edi.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SSHA sanktsiyami v otvet na popыtku ostanovit Severnыy potok - 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Dunyoda
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel
Ukrainaning "Operatora GTSU" - operatorlar birlashmasi rahbari Sergey Makogon Financial Timesga bergan intervyusida Yevropadan “Moskva ushbu muammoni sunʼiy ravishda yaratganini va ularning shantajiga berilmaslikni” tavsiya qilgan edi.
Makogon oʻzgalarga “qimmatli” mashatlar berayotgan bir vaqtda Ukrainada sanoat korxonalari toʻxtab qolgani sababli gaz isteʼmoli toʻxtovsiz kamayib bormoqda. Yevropalik isteʼmolchilar uchun esa, darhaqiqat, chuqur oʻylab koʻrish vaqti keldi.
Chunki bugun, 6 iyuldan boshlab, "Yamal — Yevropa" gaz quvuri vaqtincha toʻxtatiladi. Oldin u Ukraina gaz transport tizimi kabi, qoʻshimcha quvur sifatida foydalanilgan edi. Lekin 13 iyuldan boshlab “Shimoliy oqim-1” gaz quvuri 10 kunga toʻxtatiladi. Ishga tushganidan boshlab shu kunga qadar u maksimal yuklama bilan ishlatib kelinayotgan edi.
Yuqoridagi faktlarning barchasi birgalikda Yevropa bozorida Rossiya gazining narxi oshishiga olib kelganini anglash uchun tahlilchi boʻlishi kerak emas. Gazprom tomonidan olinayotgan qoʻshimcha daromadlar hisobidan Rossiya byudjeti toʻldirilishi – kompaniya tomonidan “oʻjarlik” bilan hal qilinayotgan vazifalardan biridir xolos.
Bugun Amerika suyultirilgan gazi Yevropaga bormasligi kundek ravshan boʻlgan. Chunki Xitoyda uning uchun 1000 dollar taklif qilishmoqda. Yaqin Sharqning suyultirilgan gaz solingan tankerlari ham oʻsha tomonga yoʻl olgan.
Quvurli gaz esa – faqat Yevropaniki, u yoʻnalishini oʻzgartirib Xitoyga joʻnab keta olmaydi. Uni olish uchun Gazprom bilan shartnoma imzolab, keyin xotirjam uxlayversa boʻladi. Atrofda hatto pandemiya va anomal issiq ob-havo boʻlsa ham. (Issiq havoda konditsionerlar ortiqcha ishlashi tufayli IESlar normadan ziyod gaz yoqadi)
Rossiya tomonidan javob sifatida qoʻllanilgan assimetrik “dzyudo” uslubi yanada toʻliq namoyish qilish uchun yana bir faktni keltiramiz. Yevropa komissiyasi tomonidan qabul qilingan “Uchinchi energopaketga” koʻra, gaz quvuri hududidan oʻtgan davlat uning 50%dan ortiq quvvatini band qila olmaydi. Siyosatchilar aytishiga koʻra, goʻyoki shunday yoʻl bilan YEI monopoliyaga va Rossiya bosimiga qarshi kurashadi.
Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2020
Kolumnistlar
“Shimoliy oqim-2” oʻz marrasiga yaqin qoldi
Lekin “Fortuna” quvur yotqizish kemasi Germaniyaga yetib kelganidan soʻng gazni nafaqat yoqish balkim qoʻshni davlatlarga sotishni rejalashtirgan davlatlar kayfiyati ancha oʻzgaradi, deb oʻylaymiz.
Uchinchi energopaket qabul qilinganida Germaniya, Frantsiya va Avstriya unga qarshi chiqishgan edi. Chunki Shimoliy oqim – 2 ishga tushganidan soʻng Germaniya va Avstriya yirik gaz xabiga aylanishi va nafaqat gaz tranzitidan daromad olishi balkim Yevropa ichki bozorida salmogʻi ortishi kutilayotgan edi. Frantsiya boʻlsa, imtiyozli shartlarda gaz olishdan umid qilmoqda.
Biz oldindan gʻalabani nishonlash tarafdori emasmiz, lekin SHO-2 ish boshlaganidan soʻng rasmiy Berlin uzoq vaqt davomida oʻzini oʻzi cheklab qoʻyish ehtimoli juda kam.
Gazpromning harakatlarini yuzaki tahlil qilayotganlar mayli kulaversin, aqlli odamlar diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Ayniqsa “Gazprom” harakatlarini.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala