Siyosat

Mirziyoyev va Nazarboyev Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Mirziyoyev va Nazarboyev Afgʻonistonda keskinlashayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Qozogʻiston Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari Elboshini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Qozogʻiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
“Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozogʻistonni barpo etish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi alohida oʻrni, Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash hamda mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshayotgan katta hissasi alohida qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Mirziyoyev va Rahmon Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, turizm sohalaridagi ustuvor loyihalarni, madaniy-gumanitar sohadagi qoʻshma dasturlarni ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi, eng avvalo, Afgʻonistonda keskinlashayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti Faxriy raislik qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi.
Ikki birodar mamlakat yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, ishonchli va doʻstona ruhda oʻtdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala