O‘TY Toshkent metrosi qurilishdagi talon-torojlik haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVxod na stansiyu "Dustlik-2"
Vxod na stansiyu Dustlik-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Obuna bo‘lish
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 899 million so‘m talon-toroj qilinmagan, balki shuncha qiymatdagi materiallar o‘g‘irlangan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent metropolitenida olib borilgan qurilish ishlarida 899 million so‘m talon-toroj qilingani to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, internet nashrlari va blogerlar tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlar xato bo‘lib, tizimda talon-torojlik emas, o‘g‘rilik sodir etilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2019-yilda Toshkent metropoliteni yerusti halqa yo‘lining birinchi bosqichi bo‘lgan 11 kilometrlik "Do‘stlik-2"–"Qo‘yliq" uchastkasida qurilish ishlari boshlagan.
Ushbu loyiha qurilishi 2020-yilning mart oyida to‘liq tugatilib, foydalanish uchun topshirilishga tayyor bo‘lgan. Keyinchalik karantin boshlanishi sababli yo‘nalish ochilishi noma’lum vaqtga qoldirilgan. Qurilishda ishtirok etgan barcha ishchi-xizmatchilar karantin choralari yumshatilgunga qadar o‘zlarini yakkalashgan.
2020 yilning 3-iyul kuni xodimlar Toshkent metropolitenining yerusti "Do‘stlik-2"–"Qo‘yliq" uchastkasini ko‘rikdan o‘tkazganda, kabel mahsulotlarining o‘z joyida yo‘qligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha zudlik bilan Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasining huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga murojaat qilingan.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, umumiy qiymati 899 million 131 ming 590 so‘mlik kabel mahsulotlari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlangan.
Stroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Toshkent metrosi qurilishida qariyb 900 mln so‘m talon-taloj qilingan – transport prokurori
Olib borilgan tergov harakati natijalariga ko‘ra, aybdor shaxslar topilgan va ulardan 180 million 962 ming 364 so‘mlik zarar to‘liq undirilgan.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyatchilar o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortilgan
Hozirda ushbu holat yuzasidan Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tomonidan tergov va qidiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transport prokuraturasi Toshkent metrosi qurilishida qariyb 900 mln so‘m talon-taloj qilingani haqida ma’lum qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0