Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda – DXX

© AP Photo / EFREM LUKATSKYGranitsa Uzbekistana i Afganistana
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Oʻzbekiston Chegara qoʻshinlari Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashi ortidan tojikistonlik hamkasblari bilan odatdagi tarzda tezkor axborot bilan almashib turibdi.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Chegara qoʻshinlari Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda va u yerdagi vaziyat keskinlashi ortidan tojikistonlik hamkasblari bilan odatdagi tarzda tezkor axborot bilan almashib turibdi.
Bu haqda RIA Novostiga Oʻzbekiston Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) Chegara qoʻshinlari vakili maʼlum qildi.
“Hozirda qoʻshimcha kuch va vositalarni jalb qilmasdan, odatdagi tarzda chegarani qoʻriqlash rejimini saqlab turishga imkon beruvchi sxema amal qilmoqda”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik va rossiyalik hamkasblari Emomali Rahmon va Vladimir Putin bilan telefon orqali Afgʻonistonning shimoliy hududlarida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilgan edi.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistonning yana 47 nafar fuqarosi Oʻzbekiston chegarasini buzdi – TIV
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, may oyidan buyon “Tolibon”* Afgʻonistonning 50 dan ziyod tumanlarini ishgʻol qilgan. Mamlakat shimolidagi vaziyat juda jiddiy deb baholanmoqda.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rahmon chegaraga 20 ming harbiy xizmatchini safarbar etishni buyurdi
Tojikiston tomonining maʼlumotlariga koʻra, toliblar respublika bilan chegaradosh hududlarining 70 foizini nazorat qilmoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala