Jamiyat

Prezident davlat xavfsizlik xizmati - Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, Prezident davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan mustaqil tarzda olib boradi.
Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2019
Jamiyat
Prezident davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonuni tayyorlandi
Prezident davlat xavfsizlik xizmati bevosita Prezidentga boʻysunadi va unga hisobdordir.
Prezident davlat xavfsizlik xizmati kasbga yaroqlilik boʻyicha tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston fuqarolari bilan ixtiyoriy asosda toʻldiriladi.
Xizmatga Qurolli Kuchlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarining zaxirasidagi yoki rezervidagi fuqarolar, shuningdek Oʻzbekistonning ayol jinsiga mansub boʻlgan, harbiy-hisob mutaxassisligi boʻyicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlmagan fuqarolari qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala