Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone "Sazagan"
Voyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone Sazagan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Obuna bo‘lish
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat orasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Samarqanddagi “Sazagan” dala-o‘quv Rossiya harbiy mutaxassislari bilan hamkorlikdagi jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unda harbiy xizmatchilar jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish va o‘tkazish hamda yangi usul va uslublar yuzasidan o‘zaro tajribalar almashishadi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone "Sazagan"
Voyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone Sazagan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Voyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone "Sazagan"
Xususan, “BTR-82” jangovar texnikasining mo‘ljalga oluvchi operator va mexanik haydovchilarini tayyorlash, “AGS-17” va “RPG-7” granatomoti hisobi mutaxassisligi, o‘qchi, mergan hamda artilleriya mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone "Sazagan"
Voyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone Sazagan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Voyennie ucheniya Uzbekistana i Rossiya na poligone "Sazagan"
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat orasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hamjihatlikni oshirish, jangovar mashg‘ulotlarni bajarishdagi ko‘nikma va tajribalarni almashishdan iborat.
Ayni vaqtda har ikki tomonning harbiy xizmatchilari nazariy mashg‘ulotlar orqali bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Ushbu mashg‘ulotlar 14 kun davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0