Toshkentda o‘rnatilgan fotoradarlar va kameralar joyi ma’lum bo‘ldi – ro‘yxat

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKameri fiksatsii narusheniy pravil dorojnogo dvijeniya
Kameri fiksatsii narusheniy pravil dorojnogo dvijeniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri bo‘yicha mavjud onlayn rejimida ishlovchi fotoradarlar va kameralar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini qayd etadigan kameralar ro‘yxatini chop qildi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtda mavjud onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar soni 28 tani tashkil etmoqda va ularning barchasi tezlikni belgilangan meyordan oshirishga qaratilgan qoidabuzarliklarni qayd etadi.
© IIV YHXBBToshkentdagi radar va kameralar ro‘yxati
Toshkentdagi radar va kameralar ro‘yxati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Toshkentdagi radar va kameralar ro‘yxati
Intellektual rejimda ishlovchi kameralar soni esa 89 tani tashkil etmoqda. Ushbu kameralar svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, to‘xtash va yo‘l chiziqlarini bosish, to‘xtab turish qoidalarini buzish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish kabi qoidabuzarliklarni qayd etadi.
© IIV YHXBBIntellektual kameralar
Intellektual kameralar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Intellektual kameralar
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlarga avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat berilgan edi.
2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0