Iqtisod

Andijon aeroporti direktori Samarqand aeroportiga ham direktor boʻldi

© AIR MARAKANDAProyekt po modernizatsii i ekspluatatsii mejdunarodnogo aeroporta Samarkanda
Proyekt po modernizatsii i ekspluatatsii mejdunarodnogo aeroporta Samarkanda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Yangi "Samarkand" aeroporti 2022 yilda boʻlib oʻtishi kutilayotgan SHHT sammitiga xizmat koʻrsatishga tayyorlanmoqda.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Uzbekistan Airports kompaniyasining 7 iyul kuni Rano Joʻrayeva boshchiligida boʻlib oʻtgan Boshqarma majlisida "Samarkand" aeroportini 2022 yilning may oyida boʻlib oʻtishi kutilayotgan SHHT sammiti majlisiga xizmat koʻrsatish masalalari muhokama qilindi, jumladan kadrlar masalasi ham.
Xususan, shu kunga qadar "Samarkand" aeroporti direktori v.b. lavozimida ishlab kelgan Djamalov M. D. oʻrniga bir vaqtning "Andijon" aeroporti direktori lavozimida ishlayotgan Saydullo Tuxtasinov tayinlandi.
“Ayni damda SHHT sammitiga faol tayyorgarlik ketmoqda. Yaqin vaqt ichida biz davlat korxonasi sifatida “AIR MARACANDA” MCHJ bilan shartnoma imzolaymiz. Harakatlarimizning yana bir muhim yoʻnalishi – professional, motivatsiyaga ega boʻlgan jamoa tuzishdir. Bugun yangi direktor tayinladik, kelajakda jamoamizni xorijiy tajribali mutaxassislar bilan toʻldiramiz”, - dedi Rano Joʻrayeva.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda "Samarqand" aeroporti butunlay yangilanmoqda. Xususan u yerda yangi uskunalar bilan jihozlangan yangi aerodrom majmuasi, unikal dizaynga ega boʻlgan yoʻlovchilar aerovokzali qurilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala