Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Bir yarim mingdan ortiq afgʻon harbiysi Tojikiston hududiga qochib oʻtdi

© AP Photo / BURT HERMANTadjiksko-afganskaya granitsa
Tadjiksko-afganskaya granitsa  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Ikki hafta ichida Afgʻoniston hukumat kuchlarining 1500 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga oʻtdi - Tojikistonning KXSHTdagi doimiy vakili
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Tojikistonning KXSHTdagi doimiy vakiliga koʻra, ikki hafta ichida Afgʻoniston hukumat kuchlarining 1500 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga oʻtdi.
“Respublika Afgʻonistondan kelayotgan chaqiruvlarga yolgʻiz oʻzi bas kela olmaydi, KXSHT aʼzolarini yordam berishga chaqiramiz”, - dedi Tojikistonning KXSHTdagi doimiy vakili.
5 iyul kuni toliblar bilan boʻlgan qurolli toʻqnashuvlar chogʻida 1037 nafar Afgʻoniston hukumati harbiylari shaxsiy tarkibni saqlash qolish maqsadida Tojikiston hududiga chekingani haqida maʼlum qilingandi.
Qayd etilishicha, tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qoʻshnichilik tamoyillariga amal qilgan holda afgʻonistonlik harbiylarga oʻz hududiga oʻtishga ruxsat bergan.
Eslatib oʻtamiz, Dushanbeda 13-14 iyul kunlari Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun SHHT davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala