Jamiyat

Birinchi yanvardan davlat xizmatchilari daromadlari deklaratsiya qilinadi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Deklaratsiyani berishdan bosh tortish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab boʻladi.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlarinning daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi korruptsiyaga qarshi kurashishga oid yangi farmonda belgilangan.
Farmon bilan ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulki ham deklaratsiya qilinadi.
Deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab boʻladi.
2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablagʻlarini saqlash va boshqa mol-mulkka ega boʻlish taqiqlanadi.
Mansabdorning oʻz shaxsiy manfaati majburiyatlarini obʼyektiv va xolis bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyatlar manfaatlar toʻqnashuvi hisoblanadi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda poraxoʻrlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
Manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish va oldini olish boʻyicha chora koʻrmaganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:
- Jinoyat kodeksida korruptsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq roʻyxatini belgilash;
- Korruptsiyaviy jinoyatlarga jazoni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
- daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik oʻrnatish;
- korruptsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga yengillashtiruvchi normalar qoʻllanilishiga cheklovlar belgilash;
- “Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish toʻgʻrisida”gi;
- “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala