Jamiyat

Denovda maktab direktori talaba boʻlgan bitiruvchilariga nafaqasidan stipendiya vaʼda qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
80 yoshli pedagog Xosiyat Qarayevaning nafaqasi oyiga 2,3 mln soʻmni tashkil etadi.
TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 1-maktab direktori Xosiyat Qarayeva oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilinadigan bitiruvchilariga oʻz nafaqa pulidan har oy stipendiya berishni oʻz rejasiga kiritdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
© Press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblastiDirektor obщeobrazovatelnoy shkolы №1 Denauskogo rayona Xosiyat Karayeva
Direktor obщeobrazovatelnoy shkolы №1 Denauskogo rayona Xosiyat Karayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Direktor obщeobrazovatelnoy shkolы №1 Denauskogo rayona Xosiyat Karayeva
Taʼkidlanishicha, 65 yildan buyon maktabda oʻquvchilar bilimini oshirib kelayotgan, bugungi kunda taʼlim muassasasini ibratli boshqarayotgan 80 yoshli pedagog har oy oladigan nafaqa pulini iqtidorli oʻquvchilarga tarqatib keladi.
“Ayni paytda oʻzining 2,3 mln soʻm nafaqasini toʻliq taʼlim sifatini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni ragʻbatlantirishga sarflashni rejalashtirgan Xosiyat Qarayevani yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglarga oʻrnak qilsa arziydi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala