Denovda maktab direktori talaba bo‘lgan bitiruvchilariga nafaqasidan stipendiya va’da qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
80 yoshli pedagog Xosiyat Qarayevaning nafaqasi oyiga 2,3 mln so‘mni tashkil etadi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 1-maktab direktori Xosiyat Qarayeva oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinadigan bitiruvchilariga o‘z nafaqa pulidan har oy stipendiya berishni o‘z rejasiga kiritdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
© Press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblastiDirektor obsheobrazovatelnoy shkoli №1 Denauskogo rayona Xosiyat Karayeva
Direktor obsheobrazovatelnoy shkoli №1 Denauskogo rayona Xosiyat Karayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Direktor obsheobrazovatelnoy shkoli №1 Denauskogo rayona Xosiyat Karayeva
Ta’kidlanishicha, 65-yildan buyon maktabda o‘quvchilar bilimini oshirib kelayotgan, bugungi kunda ta’lim muassasasini ibratli boshqarayotgan 80 yoshli pedagog har oy oladigan nafaqa pulini iqtidorli o‘quvchilarga tarqatib keladi.
“Ayni paytda o‘zining 2,3 mln so‘m nafaqasini to‘liq ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishga sarflashni rejalashtirgan Xosiyat Qarayevani yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglarga o‘rnak qilsa arziydi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0