FVV kuchli shamol va changli bo‘ron haqida ogohlantirdi

© AP Photo / Mark SchiefelbeinPeschanaya burya v Pekine
Peschanaya burya v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Respublikaga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 8-iyulida O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9-10 iyul kunlari respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.
Fontan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Jazirama havo qachon pasayishi ma’lum qilindi
7 iyulda Qoraqalpog‘istonda, 8-10 iyul kunlari respublikaning barcha hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda esa changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
“Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan kuchli shamol kuzatilganda ko‘chada harakatlanmaslik, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘raydi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0