Nature jurnalida “Sputnik V”ning samaradorligi haqida maqola paydo bo‘ldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini Sputnik V
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya vaksinasini dunyoning o‘nlab mamlakatlarida qo‘llashga ruxsat berilgan bo‘lsada, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan haligacha ma’qullanmagan - OAV.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. "Sputnik V" Rossiya vaksinasi dunyoning 70 mamlakatida qo‘llashga ruxsat berilgan, deb yozmoqda Nature jurnali.
Maqola muallifi "Sputnik V" COVID-19ga qarshi yaratilgan dunyoda birinchi vaksina bo‘lganini va o‘nlab davlatlarda ma’qullanganini, lekin global ravishda tarqatish uchun JSST tomonidan tan olinmaganini qayd etgan. Rossiya vaksinasi e’lon qilinganda aksariyat ekspertlar uni sinovlar to‘liq yakunlanmasdan turib ro‘yxatdan o‘tkazishda ayblashgan edi.
Tibbiy sohada nufuzli The Lancet jurnalida e’lon qilingan maqoladan so‘ng "Sputnik V"ga dunyoda qiziqish orta boshlagan edi. Boshida samaradorligi 91,6 % deb e’lon qilingan Rossiya vaksinaning samaradorligi bir necha million kishi emlanganidan so‘ng 97,6 % ekani tasdiqlangan edi.
Ayrim davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan bildirilayotgan tanqidlarga qaramasdan "Sputnik V" Janubiy Koreya, Argentina, Vengriya, Hindiston, BAA va boshqa qator davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Nature jurnalidagi maqolada qayd etilishiga ko‘ra, "Sputnik V"da bir emas ikkita adenovirus bor va u vaksinaning himoya xususiyatini mustahkamlaydi. Undan tashqari AstraZeneca va Johnson & Johnson preparatlariga nisbatan Rossiya vaksinasi emlanganlarda qon quyulishi yoki boshqa salbiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Xususan, ko‘plab odamlar emlangan Argentina yoki San-Marinoda bunday holat kuzatilmagan.
Bugungi kunda "Sputnik V"ning ikkala komponenti bilan emlanganlar soni 20 milliondan oshib ketgan. Vaksina xavfsizligi va samaradorligini kuzatish davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0