Jamiyat

Oʻzbekistonda terrorchilikka qoʻshilib qolgan xotin-qizlar bilan ishlash mezonlari belgilandi

© MID UzbekistanaVlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov
Vlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasida aytilishicha, endilikda ekstremistik va terroristik tashkilotlarning passiv va faol ishtirokchilari boʻlgan xotin-qizlar oʻrtasidagi farq belgilanadi.
TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Milliy strategiyasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi rolini kuchaytirish belgilandi.
Hujjatda Oʻzbekiston xalqaro aktlarni, xususan, BMTning xotin- qizlar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir Konventsiya va Deklarasiyalarini ratifikatsiya qilgani va oʻz vaqtida bajarayotgani qayd etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi gender tenglik huquqini kafolatlaydi, ushbu huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida"gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunlari bilan taʼminlanadi.
Operatsiya po vozvraщeniyu sootechestvennikov na rodinu Mexr-5 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
Jamiyat
"Nihoyatda ogʻir joylardan keldik" - Mehr-5 operatsiyasi
Taʼkidlanishicha, aksariyat hollarda xotin-qizlar oʻz turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining taʼsiri ostida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari tarafdoriga aylanmoqda, ammo shu bilan birga, xotin-qizlarning oʻz oila aʼzolari yoki qarindoshlarini ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari saflariga yollashda faol rol oʻynashi holatlari ham aniqlanmokda.
"Aholining radikallashuv jarayonida xotin-qizlar oʻrnini faqatgina qurbon boʻlgan ayollar yoki terrorchilarning turmush oʻrtogʻi kabi gender stereotiplari bilan cheklanmaslik kerakligini tushunish muhim", - deyiladi matnda.
Xotin-qizlar terrorchilarga hamdardlik bildiruvchi, ularni safarbar etuvchi hamda ixtiyoriy ravishda terrorchilik harakatini ham amalga oshiruvchi boʻlishlari mumkin.
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Siyosat
Oʻzbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasini tasdiqladi
Yuqoridagilarni inobatga olib, Strategiyada ekstremistik va terroristik tashkilotlarning passiv va faol ishtirokchilari boʻlgan xotin-qizlar oʻrtasidagi farq belgilanadi.
Bundan tashqari, yosh avlod tarbiyasi bilan bogʻliq muammolarning paydo boʻlishida, oilalarda erlarning chet elda boʻlishi muhim omil hisoblanishi aytib oʻtilgan.
Bunday hollarda ayol bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi yagona tarbiyachi boʻlib qolayotgani, bolalarni nazorat qilish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelayotgani va bunda odatda fuqarolik jamiyatining eng samarali boʻgʻini hisoblangan mahallaning ahamiyati kattaligi qayd etilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, xususan, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, ularni zoʻravonlikdan himoya qilish va jamiyatdagi rolini oshirish buyicha komplekc chora-tadbirlar amalga oshirilmokda.
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ekstremistik va terroristik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish uchun ayollarning oilaviy, ijtimoiy maqomini quyidagi yoʻllar bilan qoʻllash muhimligi qayd etilgan:
Zamnachalnika upravleniya profilaktiki pravonarusheniy GUVD Tashkenta po voprosam jenщin mayor Maksuda Xujanazarova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2020
Analitika
Himoya orderi nima va uni qanday olsa boʻladi - mayor Xoʻjanazarova bilan suhbat
a) xotin-qizlar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etish, ularni qoʻllab-quvvatlashning xalqaro standartlarga javob beradigan huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish;
b) qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga maʼnaviy-ruhiy va moddiy yordam koʻrsatish;
v) huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun ekstremistik va terrorchilik faoliyati safiga qoʻshilib qolgan xotin-qizlar bilan ishlashning oʻziga xos jihatlari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish;
g) muammoli oilalar bilan ishlashda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boʻlinmalarining roli va javobgarligini kuchaytirish;
d) xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, xotin-qizlarni ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish sohasida tajriba almashish.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala