Pandemiyaning o‘ta xavfli bosqichi kirdi - BSST rahbari bayonoti

© AP Photo / Dar YasinSituatsiya s koronavirusom v Indii
Situatsiya s koronavirusom v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Koronavirus pandemiyasining juda xavfli bosqichi boshlandi, deb bayonot qildi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda virusga qarshi kurash instrumentiga ega - jumladan, eng avvalo vaksinaga ega bo‘lgan davlatlar - cheklovlarni yumshatishmoqda.
"Bu orada esa, samarali vositalarga ega bo‘lmagan mamlakatlar gospitalizatsiya va o‘limlar to‘lqinlariga duch kelishmoqda. Bu vaziyat virusning yangi shtammlari bilan yanada og‘irlashmoqda", — deb davom etdi BSST rahbari.
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina juda xavfli ekani haqidagi mish-mishlar asossiz – Otabekov
Gebreyesusning fikricha, ushbu vaziyatda yagona to‘g‘ri yo‘l — davlatlar o‘rtasida testlar, vaksinalar, medikamentlar va himoya vositalarini adolatli taqsimlashdir.
"Bu raketasozlik ham, yoki xayriya ishlari ham emas. Bu jamoatchilik salomatligini saqlash va u umum manfaatlarga javob beradi", — dedi u.
Tashkilot rahbari vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid borligini aytdi, xususan, bu COVAX - vaksinalarni taqsimlash dasturida o‘z ifodasini topayotganini qo‘shimcha qildi.
Ampula Komponent I vaksini ot koronavirusa Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Moskvada o‘smirlar uchun “Sputnik V” tadqiqoti boshlandi
Gebreyesus barcha davlatlarni ushbu yo‘nalishda sayi-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.
BSST ma’lumotiga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon butun dunyoda 184 million koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan, to‘rt millionga yaqin bemorlar vafot etgan. So‘nggi vaqtlarda esa kasallanish va o‘lim holatlari darajasi yanada ortdi.
Yangiliklar lentasi
0