Rossiya KXShT bo‘yicha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor – Lavrov

© MID RF / Mediabankka o‘tishGlava MID RF Sergey Lavrov
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya ittifoqchilarni himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi, jumladan Tojkistondagi harbiy bazadan ham foydalanadi - Lavrov.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Rossiya KXShT bo‘yicha ittifoqchilarni himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi, jumladan Tojikistondagi harbiy bazadan ham foydalanadi, dedi RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Laos TIV rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.
“Ittifoqchilarga qarshi turli tajovuzlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, jumladan Afg‘oniston va Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan harbiy baza imkoniyatlaridan ham foydalanamiz”, - dedi Lavrov.
Shuningde, Sergey Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston, O‘zbekiston prezidentlari bilan telefon suhbati o‘tkazganini hamda MO davlatlarining boshqa rahbarlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini xabar qildi.
“Rossiyaning KXShT bo‘yicha majburiyatlari to‘la-to‘kis o‘z kuchida qolmoqda. Tashkilot kotibiyati vakillari tojik-afg‘on chegara hududiga tashrif buyurishdi, vaziyatga baho berishdi va KXShT doimiy kengashiga hisobot berishadi”, - dedi Lavrov.
Vazir aytishiga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibdi. “Vaziyat keskin yomonlashishi mumkin. Bunga, jumladan, AQSh va NATO qo‘shinlarining yashin tezligida olib chiqilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Ular ushbu mamlakatda bo‘lgan o‘nlab yillar davomida baziyatni barqarorlashtira olishmadi”, - dedi Lavrov.
Rossiyaning 201-harbiy bazasi

Tojikistonda joylashgan 201 - harbiy baza Rossiyaning xorijda joylashgan eng yirik harbiy bo‘linmasi hisoblanadi. U yerda 6000 nafar askar xizmat qiladi. Harbiy baza bo‘linmalari Dushanbe va Afg‘oniston chegarasidan 80km masofada bo‘lgan Boxtar shaharlarida joylashgan. Harbiy baza tank bo‘linmalari, moto-o‘qchi bo‘linmalar, artilleriya, S-300PS bilan jihozlangan havo mudofaasi bo‘linmalari, kimoviy mudofaa hamda razvedka bo‘linmalari bor. Kerak bo‘lganda harbiy baza Qirg‘izistonda joylashgan Rossiya aviatsiya polki yordamidan ham foydalanishi mumkin.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0