Shavkat Mirziyoyev BMT vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev provel vstrechu s predsedatelem 75-y sessii Genassamblei OON
Mirziyoyev provel vstrechu s predsedatelem 75-y sessii Genassamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
BMT vakili bilan Markaziy Osiyoni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkirni hamda BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzerni qabul qildi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, gender tenglik va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari hamda Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish masalalari muhokama qilindi.
Volkan Bozkir xalqaro maydonda, eng avvalo, BMTda O‘zbekistonning nufuzi ortib borayotgani, davlatimiz rahbarining global va mintaqaviy tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va BMT institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin va samarali muloqotni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0