Jamiyat

Vijdon erkinligi toʻgʻrisidagi qonun eng yangi xalqaro standartlarga javob beradi – muftiy

© Komitet po delam ReligiyMuftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov
Muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Din sohasida qayerda qanday yaxshi tajriba boʻlsa va u bizning sharoitga mos kelsa - ularning barchasi yangi qonunda hisobga olingan.
TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda 5 iyul kuni qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun” eng yangi zamonaviy standartlarga javob beradi, deydi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov "Oʻzbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida.
Aslida ushbu qonun 1998 yilda qabul qilingan, lekin oʻtgan 23 yil davomida zamon oʻzgarib, soha talablariga toʻliq javob bera olmay qolgan edi. Yangi tahririyatda esa ana shu talablar hisobga olingan, deydi muftiy.
“Eski qonun 23 moddadan iborat boʻlgan boʻlsa, yangi qonunda 35ta moja bor. Shuning oʻzi ham yangi qonunda koʻplab taklif va mulohazalar hisobga olinganini koʻrsatib turibdi”, - deydi muftiy.
“Bugun zamon oʻzgarayapti. Zamon tezlashib ketmoqda. Odamlarning bilim saviyasi oʻsmoqda. Shu bilan birga har bir mavzuda gapirganda, odamlarda “shu narsa qonuga muvofiqmi yoki zid?” degan savol paydo boʻlishi tabiiy hol. Yangi qonun ana shunday savollarga javob boʻla oladi va har qanday holatda qonun ustuvorligini taʼminlaydi. Bu bilan u diniy bagʻrikenglikni va diniy soha xodimlarini huquqlarini kafotlatlaydi, ularni oʻz himoyasiga oladi,” – deydi Usmonxon Alimov.
Muftiy aytishiga koʻra, yangi qonunni qabul qilishda yaqin va uzoq mamlakatlar qonunlari, tajribasi va diniy vaziyat ham oʻrganib chiqilgan, xalqaro ekspertlar bilan maslahat qilingan. Shu bilan birga Oʻzbekiston milliy anʼana va urf-odatlari, axloq-odob hisobga olingan.
Shuningdek, yangi qonunda dinlaaro munosabatlar shakllanishiga ham alohi eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekistonda tarixan turli millat va din vakillari bir biri bilan tinch totuv yashab kelgan. Yangi qonun kelajakda ham ana shunday boʻlishini taʼminlashga qaratilgan.
Prazdnovaniye Namaz xayit v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2020
AQSH Oʻzbekistonni diniy erkinlik masalasida boshqalarga oʻrnak boʻlishga chaqirmoqda
Shu bilan birga, yangi qonun inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga javob beradi. Din sohasida qayerda yaxshi tajriba boʻlsa, qayerda qanday erkinlik boʻlsa va ular Oʻzbekiston sharotlariga mos kelsa - ularning barchasi hisobga olingan.
Shuningdek, yangi qonun din sohasida nafaqat kecha yoki bugun paydo boʻlgan savollarga javoblarni, balkim ertangi kunda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan savollarga ham javob beradi.
Xullas, yangi qonun har tomonlama chuqur oʻylab, juda puxta, pishiq va mustahkam qilib qabul qilingan, deydi Usmonxon Alimov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala