Vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonun eng yangi xalqaro standartlarga javob beradi – muftiy

© Komitet po delam ReligiyMuftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov
Muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Din sohasida qayerda qanday yaxshi tajriba bo‘lsa va u bizning sharoitga mos kelsa - ularning barchasi yangi qonunda hisobga olingan.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 5-iyul kuni qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun” eng yangi zamonaviy standartlarga javob beradi, deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida.
Aslida ushbu qonun 1998-yilda qabul qilingan, lekin o‘tgan 23-yil davomida zamon o‘zgarib, soha talablariga to‘liq javob bera olmay qolgan edi. Yangi tahririyatda esa ana shu talablar hisobga olingan, deydi muftiy.
“Eski qonun 23 moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi qonunda 35ta moja bor. Shuning o‘zi ham yangi qonunda ko‘plab taklif va mulohazalar hisobga olinganini ko‘rsatib turibdi”, - deydi muftiy.
“Bugun zamon o‘zgarayapti. Zamon tezlashib ketmoqda. Odamlarning bilim saviyasi o‘smoqda. Shu bilan birga har bir mavzuda gapirganda, odamlarda “shu narsa qonuga muvofiqmi yoki zid?” degan savol paydo bo‘lishi tabiiy hol. Yangi qonun ana shunday savollarga javob bo‘la oladi va har qanday holatda qonun ustuvorligini ta’minlaydi. Bu bilan u diniy bag‘rikenglikni va diniy soha xodimlarini huquqlarini kafotlatlaydi, ularni o‘z himoyasiga oladi,” – deydi Usmonxon Alimov.
Muftiy aytishiga ko‘ra, yangi qonunni qabul qilishda yaqin va uzoq mamlakatlar qonunlari, tajribasi va diniy vaziyat ham o‘rganib chiqilgan, xalqaro ekspertlar bilan maslahat qilingan. Shu bilan birga O‘zbekiston milliy an’ana va urf-odatlari, axloq-odob hisobga olingan.
Shuningdek, yangi qonunda dinlaaro munosabatlar shakllanishiga ham alohi e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonda tarixan turli millat va din vakillari bir biri bilan tinch totuv yashab kelgan. Yangi qonun kelajakda ham ana shunday bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2020
AQSh O‘zbekistonni diniy erkinlik masalasida boshqalarga o‘rnak bo‘lishga chaqirmoqda
Shu bilan birga, yangi qonun inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradi. Din sohasida qayerda yaxshi tajriba bo‘lsa, qayerda qanday erkinlik bo‘lsa va ular O‘zbekiston sharotlariga mos kelsa - ularning barchasi hisobga olingan.
Shuningdek, yangi qonun din sohasida nafaqat kecha yoki bugun paydo bo‘lgan savollarga javoblarni, balkim ertangi kunda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan savollarga ham javob beradi.
Xullas, yangi qonun har tomonlama chuqur o‘ylab, juda puxta, pishiq va mustahkam qilib qabul qilingan, deydi Usmonxon Alimov.
Yangiliklar lentasi
0