“Barselona” akademiyasi murabbiyi Toshkentga keldi

© Press-slujba NOK UzbekistanaV Tashkent pribil trener futbolnoy akademii "Barselona"
V Tashkent pribil trener futbolnoy akademii Barselona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
Tajribali mutaxassis O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashg‘ulotlarini o‘tib berdi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. “Barselona” akademiyasi murabbiyi David Sanches mahorat darslarini o‘tib berish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Tajribali mutaxassis O‘FA majlislar zalida respublikaning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashg‘ulotlarini o‘tib berdi. O‘quv-mashg‘uloti murabbiylar bilan ochiq savol-javob shaklida o‘tkazildi.
Igroki FK Atletiko Madrid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
“Atletiko Madrid” Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kutilmoqda
Ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida JFL-futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining Ispaniyada tashkil etiladigan futbol akademiyalari o‘rtasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ispaniyada tashkil etiladigan yig‘inlarda “Barselona” yoshlar jamoalari bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazish ham reja qilinmoqda.
Seminar davomida David Sanches yosh futbol murabbiylariga o‘zining foydali tavsiyalarini berib o‘tdi va ularga o‘zi ishlab chiqqan futbol metodologiyasini prezentatsiya shaklida namoyish etdi.
Tadbir yakunida MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, muntazam hamkorlikka va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0