Iqtisod

Davlat mulklarini “1 soʻm” qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti bekor qilindi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishEkran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы
Ekran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Prezidentning 8 iyuldagi 6258-son farmoni bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, quyidagilar bekor qilindi:
- viloyat hokimlari tomonidan davlat koʻchmas mulk obʼyektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish amaliyoti;
- davlat obʼyektlarini ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 soʻm” boshlangʻich qiymatda ommaviy savdolarga chiqarish tartibi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilda Oʻzbekistonda 900 dan ortiq davlat mulki sotuvga qoʻyilishi va davlat mulklarini "1 soʻm" qiymatda savdoga chiqarish, yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti bekor qilinishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala