Jamiyat

DSQ taksichilar bir oyda toʻlashi lozim boʻlgan soliq miqdorini ochiqladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobil slujbы "Yandeks Taksi".
Avtomobil slujbы Yandeks Taksi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Joriy yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev "Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagan edi.
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Taksichilik bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 2021 yilda har oyda 150 ming soʻm miqdorida qatʼiy belgilangan ijtimoiy soliqni toʻlaydi.
Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarov AOKAda oʻtkazilgan brifing davomida maʼlum qilgan.
"Mazkur faoliyat bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatlarini amalga oshirish uchun (faoliyatni respublikaning qaysi hududida amalga oshirishidan qatʼi nazar) 2021 yil uchun har oylik 150 ming soʻm miqdorida qatʼiy belgilangan miqdorda soliq va belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni toʻlaydilar. Shuningdek, berilgan litsenziya varaqasi boʻyicha bir yilga 245 ming soʻm miqdorida davlat boji undiriladi. Bunda 2021 yil 1 sentyabrgacha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganlar uchun davlat boji undirilmaydi. Bu ham taksichilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarimiz uchun imkoniyat desak boʻladi", - deya tushuntirgan Nazarov.
Joriy yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev "Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagan edi.
Taksi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston taksi faoliyatini soddalashtirmoqda - tafsilotlar
Hujjat bilan 2021 yilning 15 mayidan 2022 yilning 31 dekabriga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlarga haydovchinikidan tashqari, toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqqa ega avtomobillarda yoʻlovchi tashishga ruxsat etilgan. Bunga qadar taksi xizmatini koʻrsatish huquqi faqat yuridik shaxslarda mavjud edi.
Yakka tartibdagi tadbirkor taksichilarga bir qator talablar qoʻyilmoqda:
haydovchilarning yoshi — 21 yoshdan kam boʻlmagan;
avtomobilning ekspluatatsiya muddati — 10 yil;
"Akkreditatsiya markazi" DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan texnik xizmat koʻrsatish stantsiyalarida — 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish shart (yuridik shaxslarga qarashli taksilar uchun har kuni);
"Uztrans" yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan, koʻp tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharoiti mavjud boʻlgan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalarda hamda yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida — oylik tibbiy koʻrikdan oʻtish shart (yuridik shaxslarga qarashli taksilar uchun har kuni);
xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala