DSQ taksichilar bir oyda to‘lashi lozim bo‘lgan soliq miqdorini ochiqladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil slujbi "Yandeks Taksi".
Avtomobil slujbi Yandeks Taksi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev "Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi.
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 2021-yilda har oyda 150 ming so‘m miqdorida qat’iy belgilangan ijtimoiy soliqni to‘laydi.
Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarov AOKAda o‘tkazilgan brifing davomida ma’lum qilgan.
"Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatlarini amalga oshirish uchun (faoliyatni respublikaning qaysi hududida amalga oshirishidan qat’i nazar) 2021-yil uchun har oylik 150 ming so‘m miqdorida qat’iy belgilangan miqdorda soliq va belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni to‘laydilar. Shuningdek, berilgan litsenziya varaqasi bo‘yicha bir yilga 245 ming so‘m miqdorida davlat boji undiriladi. Bunda 2021-yil 1-sentabrgacha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar uchun davlat boji undirilmaydi. Bu ham taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarimiz uchun imkoniyat desak bo‘ladi", - deya tushuntirgan Nazarov.
Joriy yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev "Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi.
Taksi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2021
O‘zbekiston taksi faoliyatini soddalashtirmoqda - tafsilotlar
Hujjat bilan 2021-yilning 15-mayidan 2022-yilning 31-dekabriga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlarga haydovchinikidan tashqari, to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqqa ega avtomobillarda yo‘lovchi tashishga ruxsat etilgan. Bunga qadar taksi xizmatini ko‘rsatish huquqi faqat yuridik shaxslarda mavjud edi.
Yakka tartibdagi tadbirkor taksichilarga bir qator talablar qo‘yilmoqda:
haydovchilarning yoshi — 21 yoshdan kam bo‘lmagan;
avtomobilning ekspluatatsiya muddati — 10-yil;
"Akkreditatsiya markazi" DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida — 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish shart (yuridik shaxslarga qarashli taksilar uchun har kuni);
"Uztrans" yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan, ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharoiti mavjud bo‘lgan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarda hamda yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida — oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart (yuridik shaxslarga qarashli taksilar uchun har kuni);
xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0