Kolumnistlar

Ertaga urush boʻlsa: ODKB operguruhi tojik-afgʻon chegarasida ishlamoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishSovmestnыe ucheniya s KSOR ODKB "Vzaimodeystviye-2019"
Sovmestnыe ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystviye-2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish 90 foizga yakunlandi. Toliblar qatʼiyat bilan hokimiyat sari kelmoqda.
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish 90 foizga yakunlandi. Toliblar qatʼiyat bilan hokimiyat sari kelmoqda. Rossiya qurolli kuchlari va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti mintaqadagi vaziyatning shiddat bilan yomonlashuviga - chegarada qator manyovralar va razvedka ishlarini olib borish bilan munosabat bildirmoqda. KXSHT matbuot xizmati Sputnik nashriga tashkilotning tezkor guruhi Tojikistonning janubiy viloyatlariga dala chiqishlarini amalga oshirib, shuningdek, tojikistonlik harbiy qoʻmondonlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.
Tadjiksko-afganskaya granitsa  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Bir yarim mingdan ortiq afgʻon harbiysi Tojikiston hududiga qochib oʻtdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Moskva Afgʻonistondagi voqealar salbiy rivojiga katta eʼtibor qaratayotgani toʻgʻrisida gapirdi va KXSHT doirasidagi majburiyatlar toʻliq kuchda qolishini tasdiqladi. Diplomatning soʻzlariga koʻra, RF "oʻz ittifoqchilariga nisbatan har qanday tajovuzkor boqinchilik harakatlariga yoʻl qoʻymaslik uchun Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasida joylashgan Rossiya harbiy bazasi imkoniyatlaridan" foydalanishga tayyor.
Sal oldin KXSHT tezkor guruhi Tashkilot birlashgan shtabi rahbari general-polkovnik Anatoliy Sidorov boshchiligida tojik-afgʻon chegara hududidagi vaziyatni monitoring qilish uchun Tojikistonga yetib kelgan edi. Tashkilot formatida qoʻshma chora-tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlanadi. KXSHT matbuot xizmati Sputnik agentligiga maʼlum qilishicha, yaqin kunlarda operativ guruhning Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Chegara qoʻshinlari rahbariyatlari hamda Tojikiston Respublikasidagi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan Tojikistonning janubiy hududlariga dala chiqishlari rejalashtirilgan. KXSHT janubiy chegaralarida real terroristik xavf muallaq turibdi.
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* jangarilari Badgʻisdagi qamoqxonaga bostirib kirib, mahbuslarni ozod qildi
Toliblar 6 iyul kuni turkman chegarasiga chiqishdi va chegaradosh mamlakatlarga xavfsizlik kafolatlariga oʻxshash vaʼdalarni berishdi. Ammo ertasiga shimoliy Bagdis provintsiyasidagi qamoqxonaga bostirib kirib (Turkmaniston bilan chegaradosh), oʻz xalqi va qoʻshni xalqlar uchun shubhasiz xavf tugʻdiruvchi xavfli jinoyatchilarni ozod etdilar.
Shu kunlarda toliblar vakili Zabiulla Mojahid Qobuldagi hukumat Afgʻonistonning shimoliy hududlarini oʻz nazoratiga qaytara olmaydi, deya bayonot qildi va harakat tomonidan nazorat qilinadigan hududlarning kengayishini istisno etmadi.
"Tolibon"*ning Qobul bilan tinchlik muzokaralari sabotaj qilinishi (amerikaliklar bilan Doxadagi kelishuv asosida) va hukumat kuchlari bilan shiddatli jangovar harakatlar fonida, terrorchilarning tinchlik va xavfsizlik haqidagi hamma bayonotlari targʻibot nayrangiga oʻxshamoqda.

Real nishonlar va vositalar

"Afganistan.Ru" nashri manbalari toliblarning uchinchi mamlakatlarga ziyon yetkazmaslik haqidagi vaʼdalariga ishonishni uzoqni koʻra bilmaslik, deya hisoblaydilar: "Siyosatni taqiqlangan uyushma vaʼdalari ustida qurish qanday boʻlarkin, umuman tushunarsiz". "Tolibon"* ID* va "Al-Qoida"* bilan munosabatlarni uzmaganini eʼtibordan chetda qoldirmaslik lozim - Markaziy Osiyo davlatlariga uch terroristik uyushma ittifoqi tahdid qilayotgani ayon.
Flag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Dunyoda
Eronda Afgʻoniston hukumati delegatsiyasi va "Tolibon" oʻrtasida muzokaralar boshlandi
Jangarilarning shimoliy provintsiyalarda, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston chegaralarida faollashuvi qoʻshnilar uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Gar "Tolibon"ning oʻzi boʻlmasa, uning ittifoqdoshlari - ID* va "Al-Qoida"* - "Tolibon"* nazorati ostidagi hududdan shimolga kengayish uchun foydalanishni istashlari ehtimoli bor. Tojikiston bilan chegaradosh Badaxshonda koʻp sonli ishidchilar borligi, bu hudud harbiy texnika oʻtishi uchun qiyin, ammo afgʻon jangarilarining Tojikistonga kirib borishi uchun qulay boʻlgan hudud ekanligi maʼlum.
The Wall Street Journal nashri xabar berishicha: Tojikistonga boʻlgan "bosh savdo darvozasini" egallagach, toliblar chegara faoliyatini normal ishlashini qayta tiklash maqsadida respublika hukumati, shuningdek, Oʻzbekiston vakillari bilan bogʻlanishga ulgurishgan.
Sal avval amerikaning FDD's Long War Journal harbiy portali oʻzbek, turkman va tojik chegaralariga yaqin provintsiyalarning barcha uyezdlari qariyb toliblar boshqaruvida ekanligini qayd etgan edi.
Shu tariqa, "Tolibon"*ning chegara oldi zonasidagi nazorati Dushanbe, Toshkent va Ashxobodga u yoki bu siyosiy hamda iqtisodiy shartlarni ilgari surish (qoʻshni davlatlar hukumatlarini yumshoq "terror" qilish) imkonini beradi. Afgʻonistondagi bunday "ikki hokimlik" holati Rossiya va uning Markaziy Osiyodagi ittifoqdoshlariga hech qanday yaxshi narsani vaʼda qilmaydi.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Siyosat
Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanida kimlar ishtirok etishi maʼlum boʻldi
Bu orada esa, AQShning Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqarishi deyarli yakunlanli - Pentagon aviatsiyasi 980dan ortiq reyslarni amalga oshirdi va 17 mingga yaqin uskuna va texnikalarni Chet el harbiy interventsiyasining sharmandali yakuni jangarilarga yangi kuch hadya etmoqda.
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani toliblar "yuz yil oʻtsa ham" oʻz maqsadlariga erisha olmaydi, deya ishonadi. AIR milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Hamdulla Mohib optimistlik bilan toliblar siquvi oqibatida Tojikiston hududiga chekingan 2300 afgʻon harbiylari Afgʻonistonga qaytarilgani haqida maʼlum qildi. Kelasi haftada Qobul 7ta amerika Black Hawk vertolyotlarini qabul qilib oladi. Umuman olganda, toliblar hukumat kuchlaridan qurol-aslahalar va texnikani muvaffaqiyatli tortib olishmoqda va hatto "ortiqchalarini" Pokistonga oʻtkazishmoqda. Ularda tez orada yangi vintqanotli mashinalar ham paydo boʻlishi ehtimoli bor.

Toʻliq jangovar shay holat

Yuzaga kelgan xavotirli va nostabil vaziyatda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya haqiqatan ham faqat oʻz kuchlari va terroristik guruhlar ekspansiyasiga qarshi kurashish vositalariga tayanishlarii mumkin. Oʻzbekiston armiyasi toʻliq jangovar shay holatga keltirilgan.
Yigirma ming zaxiradagi tojik harbiy xizmatchilari mamlakatning janubiy sarhadlarini qoʻriqlash uchun xizmatga chaqirib olindi. Rossiya Afgʻoniston bilan chegarada tartibni saqlash uchun Tojikistondagi 201-harbiy bazasini istalgan vaqtda ishga tushirishga tayyor va janubiy yoʻnalishda qator turfa xildagi manevrlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu na poligone Donguz, gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya Tsentr-2019. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Kolumnistlar
Markaziy Osiyoda “tolibonga qarshi front” tashkil qilish - Shoygu missiyasi
Tojikistonda 6 iyul kuni boʻlib oʻtgan taktik-parvoz mashqlari paytida 201-Rossiya harbiy bazasining Mi-24 va Mi-8MTV5 vertolyotlari shartli dushman uyushmasiga qarshi raketa hujumini uyushtirdi va avtomobillar karvoni, oʻq otish nishonlari, qurol va oʻq-dorilar saqlanadigan joylarni imitatsiya qilgan 15ta yer usti nishonlarini muvaffaqiyatli yoʻq qildilar. Bir kun oldin rossiyalik minomyotchilar Lyaur poligonida 3 ming metrgacha boʻlgan masofada 120 mm li minomyotlardan zalp bilan oʻq otishni mashq qilishgan edi.
Tojikistonda oʻtgan haftada 201-rossiya harbiy bazasining 3000 nafar harbiy xizmatchilari ishtirokida beshta taktik mashqlar boʻlib oʻtdi. Sambuli togʻ poligonida artilleriyachilar 122 mmli 2S1 "Gvozdika" va 120 mmli "Sani"samoxod minomyoti singari artilleriya ustanovkalaridan "Fara", "Sobolyatnik", "Strelets" yuqori texnologiyali vositalaridan foydalangan holda oʻq otishlarni mashq qilishdi.
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda – DXX
Epizodlardan birida S-300 PS zenit-raketa tizimlari boʻlinmasi raschetlari shartli dushmanning tezkor nishonlarini aniqlash va elektron raketalarni uchirishni mashq qildilar - agar terrorchilarda yuqorida tilga olingan Black Hawk vertolyotlari paydo boʻlsa, ushbu tajriba qoʻl keladi. Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasida yozgi mashgʻulotlar davomida - Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududlarida toʻqqizta xalqaro mushtarak mashqlar oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonda Rossiya Markaziy harbiy okrugi ofitserlari - motooʻqchi, artilleriya, muhandislik boʻlinmalari, shuningdek, eng oʻqitilgan qoʻmondonlari, shuningdek, radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa boʻyicha mutaxassislar - Suriyada orttirilgan jangovar tajribalarini mahalliy hamkasblari bilan oʻrtoqlashishadi.
Dasturdan quyidagilar oʻrin olgan: texnik razvedka vositalaridan foydalangan holda artilleriya olovini boshqarish boʻyicha darslar, modernizatsiya qilingan BTR-82 bronetransportyorlarining qurollaridan foydalangan holda oʻq otish mashqlari, granatalardan nazorat oʻq otish mashqlari, motooʻqchilar boʻlinmalari tarkibida kunduzgi va tungi taktik mashqlar.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Dunyoda
Rossiya KXSHT boʻyicha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor – Lavrov
Bundan tashqari, Uzoq masofaga uchadigan aviatsiyaning taktik-parvoz mashqlari davomida Rossiyaning toʻrt mintaqasida joylashtirilgan Tu-160 va Tu-95MS raketa tashuvchilari 6 iyul kuni Saratov viloyatida qanotli raketalarni shartli ravishda uchirishdi. Uzoq masofaga uchadigan raketa tashiydigan bombardimonchi samolyotlarning mashqlari 9-iyulgacha davom etadi, ular Markaziy Osiyo bilan "bogʻlanmagan", ammo yuqori aniqlikda havoga uchadigan qanotli raketalar uchirish chizigʻidan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan nishonlarga zarba berishga qodir.
Rossiya Harbiy kosmik kuchlarining Uzoq masofaga uchadigan aviatsiyasi Suriya Arab Respublikasi hududida "Islom davlati" jangarilarini qanday samarali tarzda "elakdan oʻtkazganini" yaxshi eslaymiz. Rossiya manyovrlardan "jiddiy stsenariyga" juda tezkorlikda oʻtishga qodir.
* – RFda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala