Siyosat

Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanida kimlar ishtirok etishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Konferentsiyada Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida savdo, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, “yashil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Toshkentda 15-16 iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumanida kimlar ishtirok etishi maʼlum boʻldi.
Anjumanda Oʻzbekiston prezidenti, Afgʻoniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.
Ushbu anjuman Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi tarixan yaqin va doʻstona aloqalarni, ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yoʻlida mustahkamlashdir.
Forum ishtirokchilari yalpi va shoʻʼba majlislarda mintaqaviy bogʻliqlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.
Kun tartibidan savdo, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, “yashil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, kooperatsiya boʻyicha aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish, turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash, fan va madaniyat sohalarida sheriklikni kengaytirish, ikki mintaqa barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan batafsil fikr almashish va birgalikda takliflar ishlab chiqish oʻrin olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala