Moskvadagi “Lujniki” stadionida xorijliklar kovidga qarshi emlanmoqda

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSentr vaksinatsii ot COVID-19 v Lujnikax
Sentr vaksinatsii ot COVID-19 v Lujnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
“Lujniki”da tashkillashtirib olib kelingan guruhlardan tashqari muayan vaqtda jismoniy shaxslar ham emlanishi mumkin.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Moskvadagi “Lujniki” stadionida xorijliklar uchun kovidga qarshi emlanish punktni ochildi.
Bu yerda soat 10:00 dan 22:00 gacha dam olish kunlarisiz “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanish mumkin. Bir kunda shifokorlar taxminan 15 ming kishini qabul qila oladi. “Lujniki”da tashkillashtirib olib kelingan guruhlardan tashqari muayan vaqtda jismoniy shaxslar ham emlanishi mumkin. Emlanish 1300 rublga tushadi.
Xorijliklar oldindan emlanishga yozilmasdan kelib, vaksina olishlari mumkin. Buning uchun migrantning Rossiyada qonuniy asosda bo‘lib turganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish kerak. Shundan so‘ng shartnoma tuziladi, anketa to‘ldirilib, rozilik beriladi. So‘ngra pulini to‘lab, kovidga qarshi himoyalanish mumkin.
Emlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumot YeMIASda paydo bo‘ladi. Emlanganlikni tasdiqlovchi QR-kod sms orqali keladi.
Bundan tashqari, xorijliklar Moskvadagi 25 ta poliklinikada pulli asosda koronavirusga qarshi emlanishi mumkin. Tibbiyot muassasalari ro‘yxati quyidagi havolada keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Moskvada migrantlar uchun emlash punktlari “Saxarovo” migratsiya markazi va “Sadovod” savdo markazida ochilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0