Dunyoda

Nomaʼlum shaxslar Gaiti prezidentini otib ketdi: tafsilotlar

© AP Photo / Rebecca BlackwellPrezident Gaiti Jovenel Moiz s jenoy Martin
Prezident Gaiti Jovenel Moiz s jenoy Martin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Hujum oqibatida mamlakatning birinchi xonimi Martina Moiz ham jarohatlangan.
TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Gaiti prezidenti 53 yoshli Jovenel Moiz oʻz qarorgohida nomaʼlum shaxslar tomonidan otib oʻldirildi. Bu haqda mamlakat bosh vazir vazifasini bajaruvchisi Klod Jozef bayonotida maʼlum qilingan.
“7 iyulga oʻtar kechasi yarim tunda ispan va ingliz tillarida soʻzlashgan nomaʼlum shaxslar guruhi respublika prezidenti hayotiga suiqasd qilishdi. Prezident olingan tan jarohatlardan vafot etdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Hujum oqibatida mamlakatning birinchi xonimi Martina Moiz ham jarohatlangan va u kasalxonaga yotqizilgan. ABC telekanalining xabar qilishicha, Martina Moizni davolash uchun AQShning Florida shtatiga olib ketishgan.
Prezident oʻlimidan soʻng Gaiti hukumati mamlakatda ikki haftalik motam eʼlon qildi. Vazirlash kengashi respublika hududida harbiy holat joriy etishga qaror qildi.
Gaiti hukumati prezident Jovenel Moizni oʻldirgan shaxslar xorijiy fuqarolardan tashkil topganini maʼlum qildi.
Besporyadki v Port-o-Prens, Gaiti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Dunyoda
Gaitida prezidentga suiqasd uyushtirishmoqchi boʻlishdi
Gaiti huquqni muhofaza qiluvchi organlari prezident oʻlimiga aloqador toʻrt yollanma qotilni yoʻq qilgan, yana ikki nafari qoʻlga olingan. Gaiti Milliy politsiyasi rahbari Leon Sharlning soʻzlariga koʻra, asirga olingan uch nafar politsiya xodimi ozod qilingan.
BMT Xavfsizlik Kengashiga aʼzo mamlakatlar Gaiti prezidenti Jovenel Moiz oʻldirilishi qoralashdi va mamlakatda barqarorlikni saqlashga chaqirishdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil fevral oyida Gaiti prezidenti Jovenel Moizga suiiqasd uyushtirilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala