Prezident bo‘lishni orzu qilmayman - Komil Allamjonov

© Stranitsa Komila Allamjonova v FacebookGlava Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Komil Allamjonov
Glava Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
Allamjonov hozirgi vaqtda yoshlarni ilmga jalb qilish yoki hunar o‘rgatish - bosh maqsadi ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov BBC o‘zbek xizmatiga bergan intervyusida prezident bo‘lishni orzu qilmasligini aytdi.
BBC jurnalistining "Komil Allamjonovni prezident bo‘lishga maqsad qilish yoki orzu qilishda ayblay olamizmi?" degan savoliga kengash raisi quyidagicha javob berdi.

"Yo‘q, menda siyosiy ambitsiyalar yo‘q. Har bitta kitob yozgan odam, har bitta yangi loyiha qilgan odam, bu ishlarini albatta prezident bo‘lishni orzu qilib amalga oshirmaydi.

Mening hozirgi bosh maqsadim, yoshlarni ilmga jalb qilish. Bugun jamiyatimiz rivojlanishi, oyoqqa turishi uchun ikkita narsa kerak: yoshlarimiz yo bilimli bo‘lishi kerak, yo hunarli bo‘lishi kerak.
Har bitta kitob yozgan odam, har bitta "Zakovat"ga o‘xshagan yirik loyihalarni qilayotgan odam siyosiy ambitsiyalar bilan yashayveradigan bo‘lsa, bilasizmi... Hammaning dunyoqarashi, maqsadi har xil. Menda bunday ambitsiyalar yo‘q", — deya javob qaytardi Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Komil Allamjonov yaqindan "Allamjonov aybdor" degan kitobini taqdim etgan edi. Ushbu asar Vasiylik kengashi raisining hayot yo‘lida sodir bo‘lgan turli voqealarni yoritadi va unga muallifning munosabatini bildiradi. O‘quvchilar orasida kitob turli fikr, mulohaza va baxslarga sabab bo‘ldi. Kimdir "kitobning maqsadi ommaga ma’qul kelish" degan xulosaga kelgan bo‘lsa, boshqa kishi "ushbu kitob yoshlarga motivatsiya uchun yaxshi sabab bo‘lishi mumkin" deb yozgan.
Yangiliklar lentasi
0