Jamiyat

Samarqandda koronavirus bemorlarini davolash va taqsimlash markazi yana ish boshladi

© Sputnik / Iliya Pitalev / Fotobankka oʻtishVremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19, razvernutыy v ledovom dvortse "Krыlatskoye"
Vremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19, razvernutыy v ledovom dvortse Krыlatskoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Taʼkidlanishicha, hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda ishlashga jalb qilingan.
TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash, ularga tezkor va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida Samarqand shahridagi taqsimlash markazi yana ish boshladi.
Sport majmuasidagi 1000 oʻrinli davolash markazi oʻtgan yil avgust oyida tashkil etilgan va kasallanish koʻrsatkichlari kamayishi bilan yopilgan edi.
“Shu paytgacha COVID-19 infektsiyasi aniqlangan bemorlar Samarqand shahridagi 340 oʻrinli ikkita maxsus shifoxonada davolanayotgan edi. Ammo bugungi kunda kasallikka chalinish holatlari koʻpayayotgani sababli markazni qayta ochishga toʻgʻri keldi. Bu yerda viloyatning turli hududlaridan keltirilayotgan bemorlarni davolash uchun barcha zarur tibbiy jihozlar mavjud, dori vositalari zaxirasi yaratilgan”, - deydi davolash va taqsimlash markazi rahbari, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi Ahmadjon Bobojonov. Uning soʻzlaridan OʻzA iqtibos keltirgan.
Taʼkidlanishicha, hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda ishlashga jalb qilingan. Kasallik belgilari va asoratlari bir xil emas, oʻzgarib turibdi. Ayni paytda koronavirus yuqtirgan bemorlarda asosan, holsizlik, boʻgʻimlar ogʻrigʻi, diareya kuzatilmoqda. Oʻtgan yil bemorlarda dastlabki bosqichda oʻpkada zararlanish kuzatilgan boʻlsa, hozir kasallikning besh-oltinchi kunidan bu xavf yuzaga kelyapti.
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Jamiyat
SSV koronavirus va pnevomoniyaga chalinganlar sonini eʼlon qildi
Bobojonov aholidan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari hamda kasallikka qarshi emlash jarayonlarida faol ishtirok etishlarini soʻragan.
Eslatib oʻtamiz, hozirda Samarqand viloyatida 18 yoshdan oshgan aholini ommaviy emlash tadbirlari olib borilmoqda.
2021 yil 7 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning soni 114 529 nafarni tashkil etmoqda. Kecha 490 kishida infektsiya aniqlangan. Shundan 31 nafari Samarqand viloyatida. Bundan tashqari, viloyatda kecha 46 kishida pnevmoniya qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala