Video

Tojikiston afgʻon qochoqlarini qabul qilyapti – video

Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyati maʼmuriyati afgʻon qochoqlarini qanday qarshi olayotganini koʻrsatdi.
Viloyatning Facebook᾽dagi rasmiy sahifasida nashr qilingan videoda aytilishicha, Tojikiston chegarasini kesib oʻtgan 400 nafar afgʻonistonliklar uchun barcha zaruriy sharoitlar muhayyo qilingan. Qochoqlar xavfsiz joylarga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, afgʻon qochoqlarining asosiy qismini ayollar, bolalar va qariyalar tashkil etadi.
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda – DXX
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Tolibon”* Afgʻoniston shimoli, Tojikiston bilan chegaradagi ayrim tumanlarini egallab olgan edi. Ikki hafta ichida Afgʻoniston hukumat kuchlarining 1500 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi Tojikistonga chekingan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala