“Tolibon”* Tojikiston bilan chegarada o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi

© AP Photo / Rafiq MaqboolVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar Afg‘oniston va Tojikistonni bog‘laydigan ko‘prikning o‘zlari egallab olgan tomonida bayroq o‘rnatgan.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari afg‘on-tojik chegarasida o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“5 iyul kuni Afg‘oniston hukumat kuchlarilarining chegara postini egallab olgan toliblar bugun ikki mamlakatni bog‘laydigan Panj darosidagi ko‘prikning o‘zlari tomonida, “Tem” tojik nazorat punktining qarshisida bayroq o‘rnatdi”, - deyilgan xabarda.
5 iyulga o‘tar kechasi Afg‘oniston chegarachilari o‘z punktlarini jangsiz “Tolibon”* harakatiga topshirgan. 312 nafar chegara qo‘riqchilari va harbiy xizmatchilar esa ushbu ko‘prikdan Tojikiston hududiga o‘tib ketgan.
Afganskie voyennie, pereshedshie granitsu s Tadjikistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Tojikiston afg‘on qochoqlarini qabul qilyapti – video
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0