Vladimir Menshov bizga nimalarni o‘rgatdi

© Sputnik / Ramil SitdikovVladimir Valentinovich Menshov (1939 - 2021 gg.)
Vladimir Valentinovich Menshov (1939 - 2021 gg.) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
Bugun Rossiya Vladimir Menshov bilan vidolashmoqda.
“Rozigrish” (“O‘yin”) uning kinorejissuradagi debuti bo‘ldi. Unda asosiy qahramonlar o‘ninchi sinf o‘quvchilari Igor Grushko va Oleg Komarovskiy bahslashib, insonnini kuchi nimada ekaniga oydinlik kiritishadi.
Kuch haqiqat va adolat tomonida ekan. Halollikni baxt-saodatdan muhimroq deb hisoblagan Grushko unga nima aziz ekanini himoya qilishga bel bog‘laydi.
Menshov, ko‘pchilik aytganidek, bosh rol ijrochisini uzoq izladi. Uyum-uyum suratlarni qayta-qayta ko‘rib chiqdi. Natijada ko‘k ko‘zli qishloqlik o‘smirni tanladi.
Menshov bu yigitchada o‘ziga o‘xshash to qabul qilinmagunicha, aktorlik fakultetiga kamida to‘rt marta hujjat topshirgan parishon (lekin o‘jar ham) yigitni ko‘rdikmikan?
Tvorcheskaya vstrecha s V. Menshovim k yego 80-letnemu yubileyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi rejissori endi yo‘q: Vladimir Menshov vafot etdi
Menshov Rozigrish”ni suratga olishga kirishganda, allaqachon besh rolni ijro etib bo‘lgandi. Har qanday yorqin iste’dod sohibi singari u o‘zi haqida so‘zlab berishni istardi.
Aniqrog‘i, o‘zi haqida emas, balki u, Menshov muhim deb hisoblagan narsani. Menshov uchun esa asosiysi ezgulik edi. Bu Grushko haqiqat va halollikni mushtlari bilan himoya qilganda, yoki “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”dagi Katya Tixomirovaning taqdiri o‘zgarishida.
U “zolushka” bo‘lgani uchun emas, balki hayot, Menshovga ko‘ra, adolatli bo‘lmasligi mumkin.
Flober madam Bovari haqidagi gapirayotib, ta’kidlagandek, “Emma – bu men”, ehtimol, yana katta asos bilan Vladimir Menshov ayta olardi – “Katya – bu men”. U uning qahramoni singari qon va ko‘ngilda azob chekib, ham ijodiy, ham hayotiy muvaffaqiyat sari borardi.
U Katya Tixomirova kabi aql-hushini yig‘ishtirib, xom xayollardan voz kechardi. Bu uning bo‘lishi.
Aynan shuning uchun xulq-atvorning tashqi ko‘rinishi shunchalik aniq-ki, zero Menshov o‘zi haqida so‘zlab berardi.
Belinskiyning “Yevgeniy Onegin” haqidagi ta’rifini boshqacha qilib aytilsa, “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” bugungi kunda sovet hayotining ensiklopediyasi sifatida qabul qilinadi.
U yerda hammasi bor: ham ta’lim, ham bilimga bo‘lgan qiziqishimiz, sadoqatga intilishimiz, hamisha adolat izlashimiz va unga erishishimiz, shinam uy xonadoniga bo‘lgan maylimiz va irodamiz va tavakkaliga va jonni ayamasdan hammasini yangitdan boshlay olishimiz.
Maftun aylaguvchi samimiylik va noziklik – bu ham bizga xos, bu biz suyangan do‘st yoki dugonaning yelkasi, ko‘mak, tabiiy xulq-atvor. Asosiysi esa ham baxtiyor, ham qayg‘uli onlarimiz bilan bo‘lisha olishimiz.
Vladimir Menshov s suprugoy Veroy Alentovoy na seremonii zakladki imennoy pliti rejissera na Allee zvezd kino v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Alvido, afsona! Vladimir Menshov - Toshkentga tashrif va muxlislar qalbidan joy olgan kino
Bu madaniy jihatlar Menshov tomonidan shunchalik chin ko‘ngildan ishonchli singdirilgan, tikilgan, payvandlangan ediki, hatto dimog‘dor amerikalik kinoakademiklar buning oldida ip eshisholmadi.
“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi “yilning xorijiy tildagi eng yaxshi filmi” nominatsiyasida “Oskar”ga loyiq topildi.
“Qor bilan yuqagina qoplangan, barglar bilan afsun qilingan, yo‘lovchiga samimiylik topadi, daraxtga esa zamin”.
Bu nafaqat Moskva, balki butun Rossiya haqida.
Film dunyo yuzini ko‘rganidan o‘n yil o‘tib ham boshqa qadriyatlar, ham boshqa so‘zlar fursati keldi.
Samimiylik yo‘qoldi, daraxtni kesib tashlashdi, maftun aylaguvchi yerni hisob-kitob va pragmatiklik egalladi.
Halollik botirlik deb hisoblangan dunyo barbod bo‘ldi.
Faqat yana o‘n yil o‘tib, juda jur’atsizlik, deyarli shivirlash bilan yangi umidlarning poyalari paydo bo‘ldi.
Avvaliga nima bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, g‘am-anduh yengillashdi, umid qaytdi. Bari Menshov tomonidan oldindan bashorat qilingandek edi: “Hayot endi boshlanmoqda”, - deya 40 yoshli Katya hammasini boy bergan oshig‘iga dars beradi.
Mana shular uchun sizga, Vladimir Valentinovich, sekin va minnatdorchilik bilan ta’zim qilamiz, chuqur g‘ayg‘udamiz, biroq, filmlaringizdan o‘rgangan o‘ziga ishonish va adolatni himoya qilish bilan ko‘z yoshimizni artib, ishonishda davom etamiz.
Muhabbatga.
Qolganlari bo‘laveradi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0