Dunyoda

Tolibon* Moskvada MO davlatlari chegarasidan oʻtmaslikka vaʼda berdi

© Sputnik / Yuliya Troitskaya / Fotobankka oʻtishMejafganskiye peregovorы nachalis v Katare
Mejafganskiye peregovorы nachalis v Katare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Tolibon* barcha etnik guruhlar manfaatini hisobga olgan holda, muzokaralar yoʻli bilan Afgʻonistonda mustahkam tinchlik oʻrnatish va inson huquqlariga amal qilishga vaʼda berdi.
TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Moskvada boʻlib oʻtgan muzokaralarda Tolibon* Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini kesib oʻtmaslikka hamda Afgʻonistondagi diplomatik missiyalarga tahdid qilmaslikka vaʼda berdi.
Rosiya Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Tolibon* harakatining Qatardagi ofisidan shayx Shaxobiddin Delavar boshchiligidagi delegatsiyasi hamda Rossiya prezidentining Afgʻonston boʻyicha maxsus vakili Zamir Qobulov ishtirok etdi.
Muzokaralarda Rossiya tomoni Afgʻoniston shimolidagi notinch vaziyat borasida oʻz xavotirlarini bildirdi hamda mojaroni Afgʻoniston hududidan tashqariga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik kerakligini maʼlum qildi.

Tolibon* vakillari, oʻz navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzmaslikka hamda Afgʻonistondagi xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik missiyalari xavfsizligini kafolatlashlarini maʼlum qilishdi, - deyilgan TIV xabarida.

Shuningdek Tolibon* vakillari mamlakatda, barcha etnik guruhlar manfaatini hisobga olgan holda, muzokaralar yoʻli bilan Afgʻonistonda mustahkam tinchlik oʻrnatish, inson huquqlariga amal qilish va jumladan islomiy normalar va afgʻon anʼanalari doirasida ayollar huquqlarini ham saqlashga vaʼda berdi.
Undan tashqari Tolibon* Islomiy davlat* terrorchi guruhi jangarilariga qarshi keskin kurash olib borishi hamda mamlakatda fuqaro urushi tugaganidan soʻng narkotik yetishtirishga qarshi kurashishga vaʼda berdi.
*Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlaridan taʼqiqlangan jangovar harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala