Jamiyat

Dam olish kunlarida Oʻzbekistonga Kavkazdan salqin havo oqimlari kirib keladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovParen s devushkoy u fontana vozle GABTA
Paren s devushkoy u fontana vozle GABTA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Kechadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga Kavkazdan antitsiklon taʼsiri ostida salqin havo oqimlari kirib keldi.
TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. Dam olish kunlarida Oʻzbekistonga Kavkazdan salqin havo oqimlari kirib keladi, deb xabar bermoqda "Oʻzgidromet".
"Kechadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga Kavkazdan antitsiklon taʼsiri ostida salqin havo oqimlari kirib keldi. Natijada havo haroratining biroz pasayganligi kuzatildi. Bugun bu jarayon respublikamizning markaziy hududiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi", - deyiladi xabarda.
Respublikaning aksariyat viloyatlarida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Ustyurtda kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor.
Jenщina s zontikom idet po jare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Jamiyat
Jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar
Havo harorati 35-40 daraja issiqni tashkil etadi, baʼzi joylarda 42 darajagacha yetishi mumkin, Surxondaryo viloyatida 44-46 daraja issiq, shimolda 28-33 darajani tashkil etadi.
Oʻzbekistondan salqin havo frontlari oʻtishi oqibatida baʼzi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun va ertaga changli boʻron bilan birga 25-30 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlarida nisbatan salqin havo oqimlari respublikaning barcha xuxudlarini butunlay qamrab oladi, havo harorati kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda baʼzi joylarda 39 daraja issiq atrofida boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala