Sport

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-17 ayollar jamoasi MO chempioni boʻldi

© IA "Dunyo"Jenskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu U-17
Jenskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu U-17 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻoniston, Eron va Tojikiston jamoalari orasida boʻlib oʻtgan bahsda oʻzbekistonlik qizlar gʻalaba qozonishdi.
TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-17 ayollar terma jamoasi “CAFA U-17 Women's Championship 2021” xalqaro turniri chempionligini qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan oʻtkazilgan turnirda Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonning 17 yoshdan yosh boʻlgan ayollar terma jamoalari ishtirok etgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi turnirda uchta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ochko toʻpladi. Sportchilarimiz "CAFA U-17 Women's Championship 2021" xalqaro turniri bosh sovrini va oltin medallari bilan taqdirlandi. Musobaqaning kumush medallari Eron (6 ochko) terma jamoasiga, bronza medallari esa Tojikiston futbolchi qizlariga nasib etdi.
Musobaqa yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Laylo Rustullayeva 6 ta gol bilan “tur toʻpurari” unvonini qoʻlga kiritdi. “Eng foydali oʻyinchi” nominatsiyasi esa eronlik futbolchi Zolfi Moxaddesexga topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 11-7 iyun kunlari Tojikiston poytaxtida U-20 ayollar terma jamoalari oʻrtasida “CAFA U-20 Women's Championship 2021” xalqaro turniri oʻtkazilgan edi. Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan mazkur musobaqada yurtdoshlarimiz bilan birga Tojikiston, Eron, Qirgʻiziston va Afgʻoniston vakilalari ishtirok etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala