Siyosat

Keyingi toʻrt yil ichida oʻn minglab insonlar Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Oʻzbekiston fuqarosizlikka barham berish boʻyicha ishlarni izchil davom ettiradi va bu jarayonda bir qator vazifalarni hal etishga toʻgʻri keladi, deydi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov.
TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi Oʻzbekistonning fuqarosizlikka barham berish borasidagi muvaffaqiyatlarini olqishladi, deb xabar bermoqda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazining matbuot xizmati.
Keyingi toʻrt yil ichida oʻn minglab insonlar Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda 2021 yil 7 iyul kuni BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi Doimiy qoʻmitasining 81-majlisida soʻz bordi.
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Jamiyat
Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yilgacha mintaqada fuqarosizlikka barham bermoqchi
Fuqarosizlikka barham berish masalalari boʻyicha mazkur alohida sessiya muhim xalqaro sana - 1961 yilgi Fuqarosizlikni kamaytirish toʻgʻrisidagi konventsiya qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlandi.
Asosiy maʼruzachilar qatorida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissarining oʻrinbosari Jilian Triggs, AQSH Davlat departamenti Aholishunoslik, qochoqlar va migratsiya byurosi boʻyicha davlat kotibining oʻrinbosari Lesli Ziman, BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasining Global maʼlumotlar xizmati rahbari Folker Shimmer, YUNISEFning Bolalarni himoya qilish departamenti direktori Kornelius Uilyams va boshqalar soʻzga chiqdi.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Jamiyat
Toʻrt yarim yil ichida qariyb 22,3 ming kishi Oʻzbekiston fuqaroligini oldi
Oʻzbekistonning fuqarosizlikka barham berish boʻyicha soʻnggi yillardagi ilgʻor tajribasi haqida toʻxtalar ekan, Saidov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fuqarosizlikni kamaytirish borasida koʻrilgan qatʼiy choralar tufayli keyingi 4 yilda bu sohada vaziyat tubdan yaxshilanganini taʼkidladi.
Xususan, hozirda yangilangan amaldagi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq, mamlakatda kamida 15 yil davomida yashab turgan va doimiy yashash joyida roʻyxatdan oʻtgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik berilishining yangi tartibi oʻrnatildi.
Bundan tashqari BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasining 2024 yilgacha fuqarosizlikka barham berish boʻyicha Global harakatlar rejasiga koʻra, Oʻzbekistonda tugʻilish holatlarini yalpi roʻyxatga olishni taʼminlash maqsadida chaqaloqlarni, shu jumladan, hujjatlari mavjud boʻlmagan ota-onalardan tugʻilgan bolalarni rasmiylashtirish amaliyotiga oʻzgarishlar kiritildi. Ayni vaqtda rasmiylashtirilmagan barcha tugʻruq holatlarini roʻyxatga olish boʻyicha milliy kampaniya boshlangan.
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqaroligini olish osonlashtirildi
Oʻzbekiston tomonidan bu sohada erishilgan ijobiy natijalar tadbir ishtirokchilarining eʼtirofiga sazovor boʻldi. Ularning taʼkidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antonio Gutterishning "#IBelong" - fuqarosizlikka barham berish boʻyicha Global kampaniya yuzasidan BMT oliy minbaridan turib eʼlon qilgan chaqirigʻini nafaqat qoʻllab-quvvatladi, ayni chogʻda, ushbu muhim tashabbusni roʻyobga chiqarish yoʻlida aniq amaliy qadamlar qoʻydi.
Saidov qayd etganidek, Oʻzbekiston fuqarosizlikka barham berish boʻyicha ishlarni izchil davom ettiradi va bu jarayonda bir qator vazifalarni hal etishga toʻgʻri keladi.
Jumladan, fuqarosizlik masalalariga oid milliy qonunchilikni yanada rivojlantirish, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni hujjatlashtirish mexanizmini takomillashtirish, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning muayyan toifalari uchun Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlish yoki mamlakatda yashash guvohonomasini olish tartib-taomillariga qoʻshimcha ravishda yengilliklar kiritish taqozo etiladi.
Oʻzbekiston ana shu barcha masalalar yuzasidan BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi bilan amaliy hamkorlikni bunday keyin ham izchil rivojlantirishga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala