Kolumnistlar

Moskvada xorij fuqarolarini ommaviy emlash qanday tashkil qilingan?

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishTsentr vaktsinatsii ot COVID-19 na stadione "Lujniki"
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 na stadione Lujniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Yaqinda Moskva markazidagi "Lujniki" olimpiya stadionida xorijiy fuqarolarni ommaviy emlash markazi ochildi. Uning kunlik quvvati 15 ming kishi.
Moskva shahrida chet el fuqarolari uchun yangi vaktsinatsiya punkti ochildi. U yerda emlash jarayoni qanday yoʻlga qoʻyilgan, ushbu xizmat necha pul turadi va uni olish uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida Sputnik maqolasida.
Iyun oyining oxirida Moskva hukumati chet ellik ishchilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash kampaniyasini boshlab yubordi. Dastur doirasida Rossiya poytaxtida ikkita emlash punkti ishga tushdi: Saxarovo qishlogʻida joylashgan migratsiya markazida hamda “Sadovod” savdo majmuasida. Undan bir hafta oʻtib esa, Moskva meri Sergey Sobyanin “Lujniki” olimpiya majmuasida yangi emlash markazi ochilganini eʼlon qildi.
Vaktsinatsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Migratsiya
Putin 15 iyulgacha mehnat migrantlarini emlashni tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi
Rossiya hukumatining maxsus buyrugʻiga koʻra, 15 iyulga qadar Moskvada faoliyat yuritayotgan savdo va ommaviy ovqatlanish kompaniyalari oʻz xodimlarining kamida 60%ini emlashi kerak. Saxarovo qishlogʻidagi Migratsiya markazi va "Sadovod" majmuasidagi emlash punktlari quvvati kuniga – 4 ming kishini tashkil qilsa, "Lujniki"dagi ommaviy emlash markazi kuniga - 15 tыsyach kishini emlashi mumkin.
Sayyohlarni emlamaymiz, - deydi 191 sonli Moskva poliklinikasi bosh shifokori Mariya Sokolova. – Faqat Rossiyada uzoq vaqtdan beri qonuniy yashab va ishlab kelayotgan xorijiy fuqarolar emlanadi. Pasport, SNILS, mehnat shartnomasi va patent kerak boʻladi. Agar talaba emlanish uchun murojaat qilsa biz undan oʻqishni tasdiqlovchi hujjat soʻraymiz”.
Vaktsinalash narxi – 1300 rubl, xususiy shaxslar uni joyida onlayn toʻlashi mumkin, naqd pul bilan toʻlashda virus yuqishini oldini olish maqsadida.
Biz bir komponentli "Sputnik Layt" vaktsinasidan foydalanamiz, - deydi Mariya Sokolova. – Bu Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, mutlaq xavfsiz vaktsina. Uning tarkibida inson uchun xavfli boʻlgan virus yoʻq va u hujayra va gummoral immunitet shakllantiradi.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax
Yangi emlash majmuasining maydoni 145 gektarni tashkil qiladi. Bunday yirik maydon vaktsinalash markazi sifatida ataylab tanlangan, deb tushuntirishdi markaz tashkilotchilari. Xorijiy fuqarolarni emlash uchun sport arenasining C va D sektorlari va tribunalar ostidagi hududlar ajratildi. Undan tashыari bu yerda vaktsinalar solingan muzlatgich kameralar ham saqlanadi. Shuningdek shaxsiy himoya va dezinfektsiya vositalari saqlanadigan omborxonalar ham bor.
Prezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya Moskva-2020 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Migratsiya
Moskvada migrantlarni “Sputnik Layt” bilan emlash boshlanadi – Sobyanin
Ommaviy emlash punkti xorijiy fuqarolar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, bu yerga Rossiya fuqarolari ham kelishlari mumkin. Markaz har kuni dam olishsiz soat 10:00 dan 22:00ga qadar ishlaydi. “Lujniki” stadioniga kirish joyida vonlontyorlar navbatchilik qilishmoqda. Ular kelayotganlarga kerakli joyni tezroq topishda yordam berishmoqda.
Moskvada "Lujniki"dan boshqa yana 25ta poliklinikalarda emlash punktlari ochilgan boʻlsa-da, xorijiy fuqarolar uchun aynan “Lujniki” eng ommaviy emlash markaziga aylandi. Sabab – uning shahar markazida qulay joylashgani, shuningdek emlash tez oson oʻtkazilishida boʻlsa kerak, - deydi Sokolova, emlash korpuslaridan birining rahbari.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax
“Bizda bu yerda uchta korpus bor. Yuridik shaxslar xodimlari uchun va xususiy shaxslar uchun. Ish beruvchilar tomonidan tashkillashtirilgan tartibda olib kelinayotgan ishchilar guruhlarini ham emlayapmiz. Shuningdek vaktsina olishga qaror qilgan xususiy shaxslarni ham”, - deydi shifokor.
Vaktsina olish uchun, yaxshiy kayfiyat va kerakli hujjatlar toʻplamini olib S yoki D sektoriga kelish kerak. Bu yerda sizni administrator kutib oladi va kutish zonasiga kuzatib qoʻyadi. U yerda bir-ikki daqiqa kutib hujjatlarni toʻldirish boʻlimiga oʻtasiz.
“Lujniki”da Moskva shahridagi “Moi dokumentы” davlat xizmatlari markazlari xodimlari ham ishlayapti. Ular hujjatlarni tekshirib, vaktsinalash haqida sertifikatga maʼlumotlarni kiritishmoqda. Sertifikat darhol emlangan kishining qoʻliga beriladi, 21 kun oʻtib esa uning mobil telefoniga QR-kod keladi.
SMS orqali QR-kod olish tartibi yaqinda joriy etildi. Shu sababli YEOII davlatlari fuqarolari, agar ularda yashashga ruxsatnoma boʻlmasa, mos.ru portalida ayrim muammolarga duch kelmoqda. Sistema patent nomeri kiritishni talab qilmoqda. YEOII fuqarolariga esa patent kerak emas. Bunday vaziyatda portal texnik xizmatiga murojaat qilish kerak. Murojaatnomaga sertifikat rasmini qoʻshib joʻnatish kerak.
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Migratsiya
Moskvada migrantlarni emlash punkti ochildi
Ommaviy emlash markazida 25 nafar shifokor va 99 nafar hamshiralar ishlaydi. Vaktsinalash joyi bir biridan 1,5 – 2 metr masofada joylashgan. Har bir zalga kirish joylari alohida ajratib qoʻyilgan. Bunday keng joyning faqat bir kamchiligi bor. Bunday sharoitda vaktsina oluvchilar va shifokorlar bir birlarishi eshitishi mushkul. Shu sababli tibbiyot xodimi joy boʻshagan zahoti katta koʻk bayroqni koʻrsatadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala